Messi Ispaniyaga qarshi bahsda ishtirok etadimi?
27 mar 2018 16:49
Yangiliklar


Messi Ispaniyaga qarshi bahsda ishtirok etadimi?
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jarohat sabab Ispaniyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etmaydi.
Malumotlarga ko'ra, so'nggi mashg'ulotda Messi engil shikastlangan. Milliy jamoa murabbiylar shtabi argentinalikning sog'ligi bilan tavakkal qilishni istamadi va Messini Ispaniyaga qarshi bahsda maydonga tushirmaydi.
Ispaniya hamda Argentina terma jamoalari o'rtasidagi bahs 27 mart kuni "Vanda Metropolitano" stadionida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar