Messi "Inter Mayami"da debyut qildi va jamoasining g'alaba to'pini kiritdi
22 iyu 2023 07:45
Yangiliklar
Messi "Inter Mayami"da debyut qildi va jamoasining g'alaba to'pini kiritdi
"Inter Mayami" Leagues Cup turnirining guruh bosqichida "Krus Asul" jamoasini 2:1 hisobda mag'lub etdi.
Ushbu uchrashuv doirasida Lionel Messi va Serji Buskets "Inter Mayami" tarkibida debyut qildi. Ular 54-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.
94-daqiqada esa Messi jarima zarbasidan jamoasining g'alaba to'pini kiritdi.
Leagues Cup
Guruh bosqichi
"Inter Mayami" – "Krus Asul" – 2:1
Gollar: 1:0 – Teylor (44), 1:1 – Antuna (65), 2:1 – Messi (90+4).
Leagues Cup - AQSH va Meksika jamoalari ishtirokidagi turnir hisoblanadi. Bu yildan boshlab musobaqa KONKAKAF shafeligi ostidagi rasmiy turnirga aylandi. Musobaqada dastlabki uchta o'rinni olgan klublar KONKAKAF CHempionlar ligasiga yo'llanma oladilar.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar