Messi faoliyatidagi 600-golini urdi
04 mar 2018 22:05
Yangiliklar


Messi faoliyatidagi 600-golini urdi
Argentinalik hujumchi “Atletiko” darvozasiga gol urishga erishdi.
La Liganing 27-turida “Barselona” Diego Simeone shogirdlarini qabul qilmoqda. O'yinda hozircha kataloniyaliklar Lionel Messining jarimadan kiritgan goli evaziga oldinda bormoqda.
Messining bu goli uning uchun yubiley 600-gol bo'ldi. Leo 539 ta golni “Barsa” safida, 61 ta golni esa Argentina terma jamoasi safida kiritgan. Messi 600 ta golni kiritish uchun 747 ta o'yin kifoya qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar