Messi YCHLda 8ta xet-trikka erishgan birinchi futbolchi!

Aziz Tukhtamuradov
19 sen 2018, 01:13
Xabar berganimizdek, “Barselona” klubi YCHL 1-turi doirasidagi uchrashuvda PSV jamoasini yirik (4:0) hisobda mag'lub etgan edi.

Kiritilgan gollarning uchtasi jamoa sardori Lionel Messi hisobiga yozildi. Argentinalik yulduz 31-daqiqada jarimadan to'p kiritib, YCHLning bu mavsumdagi ilk goliga mualliflik qildi. 

Shundan so'ng u 77 va 87-daqiqalarda ham raqib darvozasini ishg'ol qilib, xet-trikka erishdi. Bu bilan Leo YCHL tarixida 8ta xet-trik qayd etgan ilk futbolchiga aylandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif