Messi dunyoning eng kuchli hujumchisi kim ekanligini aytdi

Aslanov Jasurbek
27 okt 2019, 14:52
"Barselona"ning argentinalik forvardi Lionel Messi kimni dunyoning eng yaxshi hujumchisi deb hisoblashini ma'lum qildi.

"Ronaldo haqiqiy fenomen edi. U men ko'rgan eng yaxshi hujumchi. Uning harakatlari hayratga solardi" - deydi Messi.

Ronaldo faoliyati davomida "Kruzeyro", PSV, "Barselona", "Inter", "Real", "Milan" va "Korintians" klublari sharafini himoya qilgan. Forvard Braziliya terma jamoasi safida ikki marta jahon chempionati va 2 bor Amrika Kubogida zafar quchgan. Ronaldo 2011 yilda faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qilgan edi. Ayni damda u "Valyadolid" klubi egasi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TyC Sports