Messi Chempionlar ligasida 150-o'yinini o'tkazdi. Bu turnir tarixidagi to'rtinchi natija

Sherzod Nurmatov
16 sen 2021, 20:18
PSJ hujumchisi Lionel Messi Chempionlar ligasida 150 o'yinlik marrani zabt etdi.

Chempionlar ligasi 1-turi doirasidagi "Bryugge"ga qarshi o'yin (1:1) 34 yoshli argentinalik uchun yubiley uchrashuv bo'ldi.

Parijliklar forvardi bu borada Xavi (151), Krishtianu Ronaldu (177) va Iker Kasilyas (177)dan ortda bormoqda.

Messi CHLda 150 o'yinda 120 ta gol urgan hamda 36 ta golli uzatma qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: CNN