So’nggi yangiliklar

23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  1 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  3 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  8 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  1 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  1 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  9 21:00"Барселона"да жароҳатланганлар сафига яна бир футболчи қўшилди  5 20:40"Мен халқаро танаффусларни яхши кўраман! Ҳар икки ҳафтада шундай бўлишини хоҳлардим!" — Гвардиола  0 20:08Испания футболи афсонаси фаолиятини якунлади  14 19:50"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Олимпик"ни 3 та тўп фарқи билан енгди  1 19:37Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Жанубий Америкага йўл оладиган таркиби маълум  5

Messi butsalarini olishdan bosh tortgan va to'rt tilda so'zlasha oladigan kichkina Tyuram haqida Yangiliklar

Messi butsalarini olishdan bosh tortgan va to'rt tilda so'zlasha oladigan kichkina Tyuram haqida

Uning sevimli gol nishonlash usuli – burchakdagi bayroqcha oldiga yugurib kelish, uni erdan sug'urib, o'ziga xos raqsga tushish.

Menxengladbaxning "Borussiya"si o'yinning 7-daqiqasiga kelib g'olib haqidagi savolni deyarli yopib qo'ydi: 38-soniyada Alassan Plea sherigi Xofmann bilan kombinaciya amalga oshirib, darvozani uzoq burchagini ishg'ol qildi; 6 daqiqa o'tib esa Rami Bensebayni oldinga o'tdi va to'pni jarima maydonchasi ichiga etkazib berdi – Markus Tyuram kerakli vaqtda, kerakli joyda paydo bo'ldi va oyog'ini qo'yib qo'yishi etarli bo'ldi.

Bu franciyalik uchun Bundesligadagi 7-gol – jamoada faqat Plea (9) undan ko'proq gol urgan. O'z navbatida Markus Alassanni assistlar bo'yicha ortda qoldirmoqda – 9ga 7. Agar karantingacha Bundesliga bilan ishingiz bo'lmagan bo'lsa va Tyuramning naqadar zo'r futbolchi bo'lib etishayotganini bilmasangiz, biz sizga barchasini aytib beramiz:

•‎ Kichkina Tyuram (ha, u Lilianning o'g'li) "Borussiya"ga 2019 yil iyul oyida ko'chib o'tdi. "Gengam" forvard uchun 9 mln evro oldi. O'zining yangi jamoasi haqida Markus bolaligida akasi Kefren bilan FIFA o'ynaganda ilk bor eshitgandi.

"Borussiya" Tyuramni 2015 yil o'smirlar o'rtasidagi Evropa chempionatida tanigan. SHundan keyin Franciyaga 30ta skautlik safarlari uyushtirildi – klubdagilar uning o'yinini bevosita, jonli tarzda ko'rishni xohlashdi (avvaliga "Sosho", keyin "Gengam").

•‎ O'g'lining Gladbaxga o'tishini Lilian Tyuram qo'llab-quvvatlagan: u klub infratuzilmasidan, ligada muxlislar tashrifi va mahalliy ishqibozlar naqadar sodiqligini ko'rib hayratga tushgan.

•‎ Menxegladbaxda Markus stadiondan uncha uzoq bo'lmagan mehmonxonada yashaydi.

"Mening ayolim yoki qiz o'rtog'im yo'q, shu sababli ijaraga uy olishdan mano ko'rmayapman. SHuningdek, siz yangi klubga o'tar ekansiz qaerga kelganingizni tushunishingiz, his qila olishingiz kerak. Klub tarixi – shunchaki so'zlar emas, bu muvaffaqiyat kaliti va ajoyib kollektiv tuzishning oson yo'li".

Uning xonasi "Borussiya" ranglari bilan bo'yalgan, devorlarda Yupp Xaynkess va klubning boshqa ko'plab sobiq mashhur vakillarining suratlari ilingan.


•‎ Yoshligida Markus etibor markazida edi: otasi "Barselona"dagi faoliyatini yakunlayotgan, kichkina Tyuram esa Ronaldino, Puyol va yosh Messini tirigini ko'rgan.

Bir marta 10 yoshli Markus klub qarorgohiga bir oz to'p tepish uchun otasining oldiga keladi, lekin oyoq kiyimi yodidan ko'tarilib, qolib ketadi. Otasi unga kiyinish xonasi burchagida qalashib yotgan oyoq kiyimlar ichidan, ancha eskirib qolgan butsani olib beradi.


"Men 2-3ta "tishi" tushgan, yirtiq butsani ko'rdim va otamga "yo'q" dedim. O'sha oyoq kiyimlar Leoniki ekan. O'shanda u 20 yoshda bo'lgan va uni hali hech kim dunyo yulduzi sifatida qabul qilmasdi. Men doim etibor markazida bo'lgan erkatoy edim va Puyol, Zambrotta va Eto’odek yulduzlar bilan birga to'p tepganim uchunmi biroz "o'zimdan ketib qolgandim". SHuning uchun otamdan yangirog'ini topib berishni so'raganman".

•‎ Messini u qadar tan olmasa-da, Tyuram Roysni yoshligidan yaxshi ko'rardi – va yana FIFA tufayli.

"FIFA o'ynaganda men ko'pincha yo "Menxengladbax"ni yoki "Dortmund"ni tanlardim – menga Markoning ham hayotdagi, ham o'sha o'yindagi harakatlari yoqardi, yana uning soch turmagi ham zo'r", — xotirlaydi Tyuram. Markoga bo'lgan o'zgacha munosabat sal qolsa "Gladbax" transferiga tasir qilardi, lekin futbolchi oilasini stadion bo'ylab ekskursiya qilish bilan lol qolishga majbur qiladi.

•‎ Aslida, Markus vinger, lekin "Borussiya"da u ko'proq Plea bilan birga markaziy hujumchi sifatida harakat qilmoqda – bu hamkorlik har ikki futbolchi uchun foydali bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Bundesliga o'yinlarida gol+pas tizimida Plea - 9+7, Tyuram – 7+9.


"Alassan bilan do'st bo'lib oldik. Do'sting bilan o'ynasang, gol urish ancha oson bo'ladi", – tan oladi Tyuram.

•‎ Markus yangi jamoaga juda tez kirishib keta oldi – bu erda francuzcha gaplashish mumkin bo'lganlar etarli (Alassan Plea, Mamadu Dukure, Ibraima Traore va Denis Zakariya). Biroq hamyurtlarining borligi eng muhimi emas: Markus to'rt tilda erkin gapira oladi (francuzcha, ispancha, italyancha, inglizcha), shuning uchun nemischani ham ancha tushunib qolgan.

•‎ Samarali harakatlar borasida muammo bo'lmasa-da, intizom borasida futbolchi o'z ustida ishlashi zarur: bu yil u 4 bor sariq kartochka oldi, o'tgan mavsum – 4ta sariq va 2ta qizil. Bazan Markus raqiblari o'zini tepaverishidan charchab ketadi va javob qaytarishni boshlaydi – o'tgan yilning oktyabr oyida "Monpele"ga qarshi o'yinda u bor yo'g'i 7 daqiqa harakat qildi.

•‎ O'tgan mavsum Tyuram bilan "Gengam" chempionat yakunlanishiga 2 tur qolganda quyi ligaga tushib ketishi aniq bo'lib ulgurgandi. Markus bu ishni biroz ortga surishi mumkin edi, lekin 90-daqiqada, hisob 1:1, o'n bir metrlik jarima zarbasidan unumli foydalana bilmadi. Bungacha u jamoasining barcha 4 penaltisini golga aylantirgandi.

•‎ Markus sevimli gol nishonlash usuli – burchakdagi bayroqcha oldiga yugurib kelish, uni erdan sug'urib, o'ziga xos raqsga tushish. Mana Tyuram "Roma" darvozasiga 94-daqiqada g'alaba to'pini kiritdi.

Bu esa "Keln" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin – o'sha o'yinda Tyuramning o'zi gol ura olmagandi.

"Augsburg" klub xodimi chiroyli odatni buzib qo'yishi mumkin edi: "Borussiya" 3:2 hisobida g'alabani qo'lga kiritdi, o'yindan so'ng Tyuram burchak tomon yugurdi, ammo klub xodimi chaqqonroq chiqdi: bayroqchani ko'tarib qochib ketadi.

Francuz xayron bo'lib qoldi, lekin yordamga sheriklari kelishdi: Matias Ginter narigi burchakdagi bayroqchani olib keldi. Yo'l-yo'lakay haligi xodimni ham chaqirib olishdi – Markus uni quchoqlab, g'alabani birga nishonladi.

Kecha ham Tyuram mashhur nishonlashni amalga oshirdi – bayroqcha ham zamonni eslatganday "niqob taqqanddi".


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика