Messi bilan 4 yillik shartnoma imzolash "Yuventus" uchun qanchaga tushadi?
11 fev 2020 19:20
Yangiliklar
Messi bilan 4 yillik shartnoma imzolash "Yuventus" uchun qanchaga tushadi?
Tuttosport'ning xabariga ko'ra, harajat masalasi ko'p jihatdan Messiga tegishli bo'lgan imidj huquqlariga bog'liq hisoblanadi.
“Barsa”da futbolchi sof 35 mln evro oladi. Bu uni boshqa klubda qoniqtiradigan minimal maosh hisoblanadi. Soliqlar bilan birga esa Messining maoshi klub uchun 66 mln evroga tushadi. Agar, “Yuventus” soliq ulushini kamaytiradigan bo'lsa, unda bu summa 51 millionni tashkil etadi.
SHunday qilib, Messi o'tganidan keyin uning xarajatlari miqdori yiliga 86 mln.dan 91 million evrogacha bo'lishi mumkin. Bu holda, u bilan 4 yillik shartnomaning umumiy qiymati 350-365 mln. evroga teng keladi.
Kataloniyaliklar rahbariyatining sobiq vakillaridan biri Aredo Braydaning so'zlariga ko'ra, Italiyada Messini faqatgina “Yuventus” hamda “Inter” qo'lga kirita olish ehtimoli bor.
Fikrlar