Messi Benzemaga etib oldi. Ulardan oldinda faqat Raul bor
09 avg 2020 01:42
Yangiliklar
Messi Benzemaga etib oldi. Ulardan oldinda faqat Raul bor
"Barselona" sardori Lionel Messi ECHL 1/8 finali doirasidagi "Napoli"ga qarshi javob bahsida gol urdi.
Messi shu tariqa 16-kalendar yilida ham to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Argentinalik charm to'p ustasi bu borada "Real" hujumchisi Karim Benzem hamda "Manchester Yunayted" sobiq o'yinchisi Rayan Giggzga tenglashib oldi.
Ulardan oldinda faqat Raul bor. "Qirollik klubi" afsonasi 17 yillik ko'rsatkichga ega.
Fikrlar