Messi belgilangan muddatdan avvalroq tuzaladiganga o'xshaydi
09 dek 2013 09:59
Yangiliklar


Messi belgilangan muddatdan avvalroq tuzaladiganga o'xshaydi
“Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messining tizzasidagi jarohatidan tuzalish jarayoni tez suratlarda davom etmoqda.
SHanba kuni 26 yoshli argentinalik futbolchi yakka tartibda mashg'ulotlarni boshlab, hattoki darvoza tomon zarba berish mashqlarini ham bajargan. Keyinchalik Messi navbatdagi tibbiy ko'rikdan o'tkazilgan va tuzalish jarayoni ko'ngildagidek davom etayotgani aytilgan.
Avval berilgan xabarlarda hujumchi yanvar oyida maydonga tushishi aytilgan edi.

Fikrlar