Messi: "Barselona" "Atletiko"ni mag'lub etib, finalga chiqish uchun barcha ishni qiladi"
28 jan 2015 12:19
Yangiliklar


Messi: "Barselona" "Atletiko"ni mag'lub etib, finalga chiqish uchun barcha ishni qiladi"
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi o'z jamoasi muxlislariga "Atletiko"ga qarshi Ispaniya Kubogi chorak finalning javob uchrashuvida faqat g'alaba uchun maydonga chiqishini vada berdi.
"Kamp Nou"da bo'lgan birinchi chorak final uchrashuvida kataloniyaliklar 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.
"Atletiko"ni mag'lub etmoqchimiz. Yarim finalga chiqish uchun kuchimizni ayamaymiz" - deydi Messi o'zining "Facebook"dagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" va "Barselona" o'rtasidagi Ispaniya Kubogining chorak final javob uchrashuvi 28dan 29 yanvarga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

Fikrlar