So’nggi yangiliklar

00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  1 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  8 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  2 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  7 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  2 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  12 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  22 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  6 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  22 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7

Messi "Barsa"da qolish uchun nimalarni talab qilgan? Yangiliklar

Messi "Barsa"da qolish uchun nimalarni talab qilgan?

2020 yilda Lionel Messi "Barselona" bilan shartnomasini yangilash uchun nimalarni talab qilgani oydinlashdi.

Ispan nashri o'sha vaqtdagi hujjatlar va yozishmalarni qo'lga kiritgan. 

Ularning mazmuniga ko'ra, uch yillik shartnoma, 10 mln evrolik yangi bitim bonusi, kechiktirilgan ish haqlarining batamom to'lab berilishi, uning tovon puli qiymati pasaytirilishi va o'zining hamda Luis Suares oilasining stadionda eng yaxshi o'rinlarda o'yinlarni kuzatishi uchun ruxsatnoma so'ragan.

O'sha yilning oxirrog'ida "ko'k-anorranglilar" "Bavariya"ga 2:8 hisobida taslim bo'lganidan so'ng Messi transfer so'rovini yubordi. 2021 yilda Messi yangi prezident Joan Laporta bilan yangi shartnoma shartlarini kelishib oldi, biroq klub buni La Ligada ro'yxatdan o'tkazishga qurbi etmas edi. Biroq o'tgan safargidan farqi uning shartlari qabul qilingani bo'ldi.

Messi shartnomasi 2023 yilga qadar uzaytirilishini xohlagan edi. SHuningdek, 1 yillik uzaytirish imkoniyati ham bo'lib, u bir tomonlama bo'lishi kerak edi. U bunga qo'shimcha sifatida tovon puli 700 mln evrodan ramziy 10 mlnga tushirilishini istadi. 

Argentinalik futbolchi 2020/21 yilgi mavsumda COVID-19 pandemiyasining klub daromadlariga tasiri natijasida unga to'lanadigan maoshning 20 foizidan voz kechishga rozilik bildirdi. Ammo u kechiktirilgan barcha oylik maoshi to'lab berilishini talab qildi. SHuningdek, barcha boshqa narsalar qatorida agent akasi Rodrigoga barcha qarzlarning to'lanishi va soliqlar oshirilgan taqdirda mos ravishda raqamlarga tuzatishlar kiritishni so'radi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика