"Messi aytishi mumkin: "Barsa"ga yangi prezident va murabbiy kerak". Leoda qizil tugma bor, ammo Messi uni bosmaydi"
09 iyu 2020 16:50
Yangiliklar
"Messi aytishi mumkin: "Barsa"ga yangi prezident va murabbiy kerak". Leoda qizil tugma bor, ammo Messi uni bosmaydi"
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi klubdagi vaziyatga jiddiy tasir ko'rsatishi mumkin, ammo u o'z vakolatlaridan foydalanmaydi.
"Agar Leo xohlasa, osongina aytishi mumkin: "Barsa"ga yangi prezident va murabbiy kerak". Leoda har kuni mavjud bo'lgan qizil tugma bor, ammo u tugmani bosmaydi", - deydi argentinalikning atrofidagi vaziyat bilan yaqindan tanish bo'lgan nashr vakili.
Messi joriy mavsum "Barselona" safida La Liga doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol va 21ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, 33 yoshli argentinalik futbolchining "Barsa" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar