"Barsa" Messining hozirgi maoshini pasaytirishga qaror qildi. Bartomeu bu haqda o'yinchiga xabar beradi

Alisher
7 iyul 2020, 14:54
"Barselona" jamoa sardori Lionel Messining maoshini qisqartirmoqchi.

"Barselona" prezidenti Xosep Bartomeu tez orada hozirgi shartnomasi bo'yicha maoshni tushirishini Leoga aytishga majbur bo'ladi.

Messi "Barselona"da oyiga 8,5 million evro maosh oladi.

Eslatib o'tamiz, 33 yoshli argentinalik futbolchining "Barsa" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Tomonlar hali bitimni uzaytirish borasida muzokaralarni boshlashmadi.

Messi joriy mavsum La Liga doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol va 20ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Chiringuito TV