Messi Argentina termasiga qaytishi mumkin
06 jan 2019 11:16
Yangiliklar
Messi Argentina termasiga qaytishi mumkin
Argentina termasi Venesuelaga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazmoqchi.
"Marca" xabariga ko'ra, o'yin 22 yoki 26 mart kuni aynan "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi. Undan tashqari "Vanda" yoki "Santyago Bernabeu"da ham bo'lishi mumkin.
Aytilishicha, ushbu bahsda Leo Messi ham ishtirok etishi mumkin. Argentina termasi rahbariyati bu borada Messi bilan muzokara olib bormoqda.
Jahon chempionatida Franciyaga 3:4 hisobida mag'lub bo'lganidan keyin Messi Argentina termasi libosini kiyganicha yo'q. Bu uning mundialdan keyin vatani termasi safidagi ilk o'yini bo'lishi mumkin.
Messi 2005 yildan buyon Argentina termasi safida 58 o'yinda qatnashib, 29 gol urdi va 16 golga assistentlik qildi.
Fikrlar