So’nggi yangiliklar

21:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1 (матнли трансляция)  276 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  5 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  20 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  2

Messi, Aguero, Ozil va Alaba: 2021 yil yozida erkin agentga aylanadigan top futbolchilar Yangiliklar

Messi, Aguero, Ozil va Alaba: 2021 yil yozida erkin agentga aylanadigan top futbolchilar

Koronavirus bilan bog'liq moliyaviy tanglikka qaramay, Evropaning kuchli 5 ligasining etakchi klublari so'nggi transfer oynasida taxminan 4.6 mlrd evro sarflashdi.

Bu juda katta summa, ammo 2019 yilgi yozgi transfer aylanmasidan 43%ga kam. Kelasi yili erkin agentga aylanadigan futbolchilar transfer bozorida yanada ahamiyatli bo'ladi: agar ular yaqin oylar ichida Anxel Di Mariya PSJ bilan shartnomani 2023 yilgacha uzaytirgani (hali rasman elon qilinmadi) kabi yo'l tutmasa, ular uchun haqiqiy jang bo'lishi aniq.

Quyidagi 10ta top o'yinchilar yanvar oyidan boshlab turli klublar bilan rasman muzokara o'tkazishi va hattoki, 2021 yil 1 iyuldan kuchga kiradigan shartnoma imzolashlari mumkin bo'ladi.


10-o'rin. Mesut Ozil ("Arsenal"; Germaniya; 31 yosh)

2013 yil 44 mln evro evaziga Ozil "Real"dan o'tdi — bu "Arsenal"ning eng muvaffaqiyatli transferi bo'ldi. Ammo 2018 yil u bilan bitimni uzaytirish katta xato bo'lgandi. Haftasiga 350 ming funt topadigan yarim himoyachi ko'p jarohat oldi, formasi buzildi, motivaciyani yo'qotdi. SHu tufayli, klub undan qutula olmay halak bo'lsa-da, maydonga tushmay oyligini olmoqda, qo'shimchasiga sodiqligi uchun bonus pullariga ega bo'lyapti. Ehtimol, Ozil futbolchi sifatida salohiyatini yo'qotib bo'lgandir yoki uning bunday kayfiyati faqat "Arsenal" bilan bog'liqdir.

9-o'rin. Arkadiush Milik ("Napoli"; Polsha; 26 yosh)

Milik "Yuventus", "Roma", "Tottenxem", PSJ, "Fiorentina" yoki "Valensiya"ga o'tishi mumkin edi, ammo tushunarsiz yo'l tutdi: "Napoli" bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi, lekin boshqa klubga o'tish imkoniyatini ham qo'ldan boy berdi. Natijada Polsha termasi hujumchisi yanvargacha "Napoli"dan alohida mashg'ulot o'tkazadi. Ha, "San-Paolo"da uning kelajagi yo'qligi aniq.


8-o'rin. Jorjino Veynaldum ("Liverpul"; Niderlandiya; 29 yosh)

Gollandiyalik o'yinchi Kuman rahbarligi ostidagi "Barselona"da to'p tepishi mumkin edi, biroq Yurgen Klopp futbolchini "Enfild"da qolishga ko'ndirdi. Veynaldum bu maslahatga quloq soldi, ammo "Liverpul" bilan yangi shartnoma imzolashga ham shoshilmayapti.


7-o'rin. Memfis Depay ("Lion"; Niderlandiya; 26 yosh)

Agar Veynaldum "Kamp Nou"ga o'tishi futbolchining rad javobi bilan yakuniga etgan bo'lsa, boshqa bir gollandiyalik "Barsa" bilan bitim imzolashga ancha yaqin turgandi. SHu bilan birga, Memfis "Lion" bilan shartnoma muddatini uzaytirishdan bosh tortdi va katalonlar unga qiziqishda davom etadi deb hisoblamoqda. Nima bo'lsa-da, Depay francuz klubidan ketish niyatida va o'zini Evropa grandi tarkibida sinab ko'rmoqchi.

6-o'rin. Yulian Draksler (PSJ; Germaniya; 27 yosh)

Bir necha yil avval Draksler sayyoramizning eng yaxshi yosh o'yinchilaridan biri sanalardi, ammo PSJga o'tib, karerasini barbod qildi. SHu sababli, navbatdagi klubini aql bilan tanlashiga umid qilamiz. Yozda nemis "Lids" yoki "Gerta"ga o'tishi mumkin deyishgan edi, biroq amalda hech qanday natija bo'lmadi. Yulian erkin agentga aylanib, bir nechta variantdan birini tanlashi mumkin bo'lgan vaqtni kutmoqda.


5-o'rin. Janluijji Donnarumma ("Milan"; Italiya; 21 yosh)

Donnarumma atigi 21 yosh bo'lishiga qaramay, 5ta to'liq mavsum o'tkazib, 200dan ortiq o'yinda maydonga tushishga ulgurdi. "Milan" hali golkiper orzulari amalga oshishida yordam berolganicha yo'q — Skudetto uchun kurash, CHempionlar Ligasiga muntazam chiqishlar va top-klubdagi yana boshqa bir qator afzalliklar. Jamoaning bu mavsumdagi ishtiroki muhim ahamiyatga ega: agar "Milan" yana 5-7 o'rin atrofida "o'ralashib" yursa, Jijji orzulariga erishish uchun klubdan ketishi aniq bo'ladi.


4-o'rin. Pol Pogba ("Manchester Yunayted"; Franciya; 27 yosh)

Pogba — kelajagi cheksiz tortishuvlarga sabab bo'ladigan futbolchi. "Real Madrid" va "Yuventus" vaziyatni jiddiy ravishda kuzatib bormoqda. Har ikki klub "Manchester Yunayted"ga bir tiyin to'lamay, futbolchini olib ketishga qarshi emas. Francuzning hozirgi klubi bilan aloqalarini yaxshi deyish qiyin. Qolaversa, shu kunlarda Pogba "Real"da o'ynash istagi borligini malum qildi. Zidan esa vatandoshi haqida ijobiy fikrda ekani hech kimga sir emas.

3-o'rin. Serxio Aguero ("Manchester Siti"; Argentina; 32 yosh)

Argentinalik hujumchi mana 10 yildirki, "Siti" safida to'p tepib, "shaharliklar" afsonasiga aylanib ulgurdi. SHuningdek, samarali statistikasi bilan ham bemalol maqtanishi mumkin: 370 o'yinda 254ta gol. SHunga qaramay, "Manchester Siti" Serxioga yangi shartnoma taklif qilmadi, ehtimol, kelasi yil Lionel Messi bilan shartnoma imzolash istagi borligi uchundir?! Lekin Aguero ishsiz qolib ketmasligi aniq, sababi "Inter" va boshqa jamoalar unga katta qiziqish bildirmoqda.


2-o'rin. David Alaba ("Bavariya"; Avstriya; 28 yosh)

Alaba 2008 yildan buyon "Bavariya" safida to'p tepib, juda ko'p sovrinlarni qo'lga kiritdi, shu jumladan CHempionlar Ligasi mukofotini ham. Ammo bu mavsum avstriyalik uchun Myunxendagi oxirgisi bo'lishi mumkin. Yangi shartnoma imzolanmadi, avvalroq esa "Bavariya" sobiq prezidenti Uli Xeness o'yinchining agenti Pini Zaxavini "pul eydigan piranya" deb atagandi. Bu gap David bilan muzokaralar vaqtida, vakil futbolchining maoshini 25 mln evro qilib berishlarini talab qilganda aytilgandi. Aftidan, u bunday pulga faqat "Manchester Siti"da yoki Messi ketganidan keyin "Barselona"da ega bo'lsa kerak...


1-o'rin. Lionel Messi ("Barselona"; Argentina; 33 yosh)

Bu hikoya hali yakunlanmadi va Messi "Barselona"da qoldi, ammo keyinroq 13 yoshidan buyon sharafini himoya qilayotgan klubni keyingi yil tark etish uchun qoldi. Bu endi Lionel uchun principial vaziyat, sababi u klub rahbariyatining o'ziga bo'lgan munosabatidan qattiq ranjidi. Katta ehtimol bilan, Leo "Manchester Siti"ga Gvardiolaning oldiga boradi, buni shunchaki malum vaqt kutib tursak etarli.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика