Messi 15 yilda ilk bor CHempionlar Ligasi pley-offida gol urmadi
10 mar 2022 21:27
Yangiliklar


Messi 15 yilda ilk bor CHempionlar Ligasi pley-offida gol urmadi
PSJ hujumchisi Lionel Messi CHempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi "Real"ga qarshi har ikki bellashuvda darvozaga yo'l topa olmadi.
SHunday qilib, argentinalik forvard 15 yil ichida birinchi marta eng nufuzli evrokubok pley-offida gol urmadi.
Messi oxirgi marta 2006/07 yilgi ECHL pley-offida to'p kirita olmagan. O'shanda "Barselona" 1/8 finalda "Liverpul"ga mag'lubiyatga uchrab, musobaqa bilan xayrlashgan.
Eslatib o'tamiz, 34 yoshli hujumchi "Real"ga qarshi birinchi o'yinda penaltidan unumli foydalana olmagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar