Mertezaker: "Xatto MYU "CHelsi"ni mag'lub etsa ham, "Arsenal"da imkoniyat paydo bo'lishi qiyin"
17 apr 2015 18:14
Yangiliklar


Mertezaker: "Xatto MYU "CHelsi"ni mag'lub etsa ham, "Arsenal"da imkoniyat paydo bo'lishi qiyin"
"Arsenal" himoyachisi Per Mertezaker o'z jamoasining joriy mavsumda chempionlik uchun imkoniyatlariga baho berdi.
Angliya chempionati turnir jadvali bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin.
"Biz o'z uchrashuvlarimizda g'alaba qozonishimiz kerak. Raqiblar "Manchester Siti", "CHelsi" yoki "Manchester Yunayted" haqida o'ylaganimiz yo'q. Ko'ramiz, bu g'alabali seriyamiz nechta o'yinli bo'lar ekan. Hammasi bizga bog'liq emas.
Yaxshi o'ynashda davom etishimiz lozim. Afsuski, jamoamiz olti bora mag'lub bo'ldi, "CHelsi" esa ikki marta, shu sababli ular "Manchester Yunayted"ga taslim bo'lgan taqdirida ham bizda imkoniyat paydo bo'lishi qiyin. Biz ikkinchi o'rinni saqlab qolmoqchimiz" - deydi Mertezaker.

Fikrlar