Menyan, Uoker, Saliba, Musiala va 6 ispan - Evro-2024 ramziy terma jamoasi
16 iyu 2024 19:22
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/796424_original.jpg)
![](/upload/storage/796424_220.jpg)
Menyan, Uoker, Saliba, Musiala va 6 ispan - Evro-2024 ramziy terma jamoasi
UEFA Evro-2024 yakunlariga ko'ra musobaqa ramziy terma jamoasini elon qildi.
Berlin shahri mezbonlik qilgan musobaqa finalida Luis de la Fuente boshchiliigidagi Ispaniya Angliyani (2:1) mag'lubiyatga uchratdi.
Musobaqa ramziy terma jamoasi UEFAning har bir uchrashuvni bevosita stadiondan tomosha qilgan maxsus tadqiqotchilari tomonidan tuzilgan. U yoki bu futbolchining ramziy jamoaga kiritilishida uning individual sifatlari va ularning terma jamoasi o'yiniga tasiri inobatga olingan.
Darvozabon: Mayk Menyan (Franciya);
Himoyachilar: Kayl Uoker (Angliya), Vilyam Saliba (Franciya), Manuel Akanji (SHveycariya), Mark Kukurelya (Ispaniya);
Yarim himoyachilar: Rodri, Dani Olmo, Fabian Ruis (hammasi Ispaniya);
Hujumchilar: Jamal Musiala (Germaniya), Niko Uilyams, Lamin Yamal (har ikkisi Ispaniya).
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar