So’nggi yangiliklar

23:35Креспо "Ал Айн"дан кетди!  0 23:15Мусаев — Россия Премьер-Лигасининг октябрь ойидаги "Энг яхши мураббийи"!  0 23:05Европа Лигаси. "Юнион Сент-Жиллуаз" - "Рома" (Онлайн натижа)  2 23:04"Интер" ва "Ювентус" бир ҳимоячига қизиқиб қолди  0 22:53Григорий Колосовский: "Самвел Бабаян клуб бошқарувида борлигини айта олишим мумкин"  7 22:37Вадим Абрамов: "Футбол бизни жазолади"  3 22:28Европа Лигаси. "Галатасарой" - "Тоттенхэм": Асосий таркиблар маълум  2 22:10Ямаль 21 ёшгача бўлган футболчилар рейтингида етакчи  12 21:50Европа Лигаси. "Юнион Сент-Жиллуаз" - "Рома": Шомуродов асосий таркибда  9 20:58"Реал Мадрид" Хаби Алонсо билан келишувга яқин турибди  9 20:34Ўзимизнинг карикатура: ОЧЛдаги "Туташ тақдирлар"  4 20:14Миржалол Қосимов: "Шубҳасиз, чемпионатнинг якуни қизиқарли бўлади"  4 20:11Суперлига. 100 дақиқа давом этган ўйинда "Локомотив" сўнгги сонияларда "Динамо"ни мағлуб этди  28 19:59Мбаппе Франциянинг навбатдаги йиғинига чақирилмади  4 19:35Денис Коростиченко: "Дуранг адолатли натижа бўлди"  2

"Mening ilk Jahon chempionatim" ruknida - Germaniya Yangiliklar

"Mening ilk Jahon chempionatim" ruknida - Germaniya

Teglar :  JCH-2018Germaniya
Barchamiz o'zimizning birinchi mundialimiz haqida ajoyib xotiralarni yodga olib turamiz.

Germaniya terma jamoasi futbolchilari o'zlarining ilk Jahon chempionatlari xotiralari bilan o'rtoqlashishdi.


Martin Plattenxardt, 26 yosh

Germaniyada o'tgan JCH-2006da Martin 14 yoshda bo'lgan va "Nyurtingen" jamoasi yoshlari safida faoliyat ko'rsatgan.

"JCH-2006 doirasidagi SHtutgartda o'tgan Franciya - SHveycariya uchrashuvida to'p uzatib turuvchi bo'lganman. Men o'shanda uchrashuvning eng muhim pallasida Zidanga to'pni uzatganman. Bu meni xotiramdan hecham o'chmaydi", - deya JCH haqidagi xotiralarini bildirdi Martin Plattenxardt.

Tomas Myuller, 28 yosh

1998 yilga mundialda Tomas 8 yoshda bo'lgan. Myuller o'shanda Germaniya terma jamoasining chorak finalda mag'lubiyatga uchraganini televizor orqali tomosha qilgan.

"Kristian Vyorts :-). Germaniya o'shanda Xorvatiyaga yutqazib turnirni tark etgandi. Vyornsni 40-daqiqada maydondan chetlatilgani yodimda", - deya o'zining ilk mundialini xotirladi Myuller.

Mattias Ginter, 24 yosh

JCH-2002da Ginter 8 yoshda bo'lgan. Ginter o'zining ilk mundialini Klozeni benefisi bilan eslaydi.

"Meni ilk mundialim bu Kloze bilan bog'liq. JCH-2002da Germaniya - Saudiya Arabistoni uchrashuvida qayd etilgan 8:0 va Klozening "salto"sini juda yaxshi eslayman", - deydi Ginter.

Marko Roys, 29 yosh

Tomas Myuller singari Marko Roys ham JCH-1998ni yodga oldi. Roys faqat Germaniya - Xorvatiya uchrashuvini emas, balki Zidanning gollarini xotirladi.

"Bu JCH-1998 emas, balki Zidan-98 bo'lgandi. Zizuning finalda bosh bilan urgan gollarini juda yaxshi eslayman", - deydi Marko Roys.

Yonas Xektor, 28 yosh

Xektor ham Zidanning finalda urgan gollarini yod oldi.

"Franciyada o'tgan JCH-1998. Franciya hamda Braziliya o'rtasidagi final va Zidanning gollari"- yodimda muhrlanib qolgan deydi Xektor.

Sebastyan Rudi, 28 yosh

Rudi ham o'zining ilk mundiali haqidagi gapira turib Zidanning gollarini yod oldi.

"Jahon chempionati haqida ilk xotiram albatta Zidanning finaldagi super dubli bilan bog'liq", - deydi Rudi.

Mesut O'zil, 29 yosh

O'zil ham terma jamoasidagi ko'pchilik qatori birinchi mundiali JCH-1998 bo'lganini takidladi.

"JCH-1998 finalini juda yaxshi eslayman. Braziliya terma jamoasini ikki bor ranjitgan Zizu birinchi mundialimni bezagan", - deya O'zil ilk Jahon chempionati haqida gapirdi.

Jerom Boateng, 29 yosh

Boateng Jahon chempionatlaridagi xotiralari Zidan bilan bog'liq ekanligini takidladi.

"Mundiallar haqida eslaydigan bo'lsam, unda avtomatik tarzda Zidan hayolimga keladi. Ilk mundialim bu JCH-1998 hamda Zidanning bosh bilan urgan gollari", - deydi Jerom Boateng.

Ilkay Gyundogan, 27 yosh

Gyundogan ham ilk Jahon chempionati haqida xotirlaganda JCH-1998ni esladi.

"Franciya - Braziliya. 3:0! Bu meni ilk mundialdagi dastlabki xotiram", - deydi Ilkay Gyundogan.

Mats Xummels, 29 yosh

Mats Xummels ilk Jahon chempionati haqida xotirlab JCH-1994ni yodga oldi.

"Birinchi mundialim afsuski yorqin xotiralar bilan bog'liq emas. JCH-1994dagi Lechkovning havodagi parvozda bosh bilan urgan goli va Germaniya chorak finalda to'xtagani", - deydi Mats Xummels.

Sami Xedira, 31 yosh

Xedira ham ilk Jahon chempionatini 1994 yilda tomosha qilgan.

"Meni ilk mundialimda Germaniya alamli tarzda yutqazgan va JCH-1994da chorak finalda qopketgan", - deydi Xedira.

Mario Gomes, 32 yosh

Gomes JCHdagi ilk xotiralarini kumiri Romario bilan bog'ladi.

"Italiyada oilaviy hordiq chiqarayotganimizda JCH-1994 finalini tomosha qilganmiz. O'shanda Braziliyaning penaltilar seriyasidagi g'alabasidan keyin butun xona bo'ylab xursanlchilikdan yugurganman. O'sha kundan boshlab Romario meni kumirimga aylangan", - dedi Gomes.

Joshua Kimmix, 23 yosh

Kimmixni JCH-2002da Ronaldo va Kanning o'yinlari o'ziga rom etganini takidladi.

"Meni ilk mundialim bu Yaponiya va Janubiy Koreyada o'tgan chempionat. O'shanda Ronaldoning soch turmagi va Oliver Kanning ajoyib o'yinlari meni o'ziga rom etgandi", - deydi Kimmix.

Yulian Brandt, 22 yosh

"Bayer" futbolchisi ham ilk Jahon chempionati Osiyo qitasida o'tgan mundial ekanini aytib berdi.

"Mundialdagi ilk xotiram bu Braziliya va Germaniya o'rtasidagi final bilan bog'liq. O'shanda oilaviy barda o'tirib finalni tomosha qilgandik", - dedi Brandt.

Antonio Ryudiger, 25 yosh.

"CHelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger mundialgi ilk xotirasi soch turmagi bilan bog'liqligini takidladi.

"JCH-2002: Ronaldoning ajabtovur soch turmagi", - deydi Ryudiger.

Timo Verner, 22 yosh

Timo Vernerni aytishicha, u ilk Jahon chempionatini bobosining bog'ida tomosha qilgan.

"JCH-2002 paytida biz oilaviy bobomizni bog'ida edik. Finalni ham aynan bobomning bog'ida tomosha qilganmiz", - deydi Verner.

Kevin Trapp, 27 yosh

PSJ darvozaboni Trapp ham ko'pchilik qatori JCH-2002ni esladi.

"JCH-2002dagi final: Braziliya - Germaniya. O'shanda men 12 yoshda edim va butun chempionatni to'liq kuzatganman. Birinchi navbatda tabiiyki men Kanning o'yinlarini diqqat bilan kuzatardim. CHunki Oli meni kumirim bo'lgan. Kan ajoyib chempionatni o'tkazgan, ammo finaldagi alamli mag'lubiyatda Kanga achinganman. CHunki Kan finalda o'sha mashhur xatoga yo'l qo'ygan. Men esa kumirim uchun qayg'urgandim", - deydi Trapp.

Manuel Noyer, 32 yosh

"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi sardori Noyer 1990 yildagi mundialni arang eslaydi.

"Italiyada o'tgan 1990 yildagi mundialni arang eslayman. O'shanda men ilk bor Jahon chempionatini kuzatgandim", - deydi Noyer.

Mark-Andre Ter SHtegen, 26 yosh

"Barselona" posboni 14 yoshida JCH-2006da Oliver Noyvilning Polshaga urgan golidan quvongani bilan mundialni yod oladi.

"Muxlislar bilan og'zi-burungacha to'la Dortmunddagi "Vestfalenshtadion", uchrashuvning 91-daqiqa va tablodagi 0:0 hisobi. Kutilmaganda raqib jarima maydonchasi ichida to'pni abul qilgan David Odonkorning Noyvilga uzatgan pasi va muhim gol - 1:0! Germaniyaning o'sha Polsha ustidan qozongan g'alabasini eslaganimda etlarim jimirlab ketadi", - deydi Ter SHtegen.

P.S. Ertaga "Championat.asia" sayti ijodkorlari o'zlarining ilk mundiallari haqida hikoya qilishadi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика