"Meni qahramon emas, futbolchi sifatida yodga oling"
27 okt 2021 23:30
Yangiliklar
"Meni qahramon emas, futbolchi sifatida yodga oling"
1932 yilning 27 oktyabrida "Manchester Yunayted"ning eng afsonaviy darvozabonlaridan biri Garri Gregg dunyoga keldi. Garri hayotining eng muhim lahzalari mankuniyaliklar bilan bog'liq.
Gregg "qizil iblislar" lageriga 1957 yilning oxirlarida o'sha vaqtlar uchun rekord summa evaziga ko'chib o'tdi hamda dunyodagi eng qimmat darvozabonga aylandi.
Oradan 1,5 oydan kamroq vaqt o'tgach, u "Myunxen qahramoni" laqabini oldi, sababi Myunxenda "Manchester Yunayted" jamoasining aviahalokatidan so'ng u bir nechta jamoadoshlarini, shu jumladan, Bobbi CHarltonni ham alanga ichidan olib chiqdi. Dennis Vayollet va klub bosh murabbiyi Mett Basbi jiddiy jarohat olgan, u yangi "Yunayted"ni shakllantirishi kerak edi.
Garri Gregg ko'pchilik tomonidan "Manchester Yunayted" tarixidagi eng yaxshi darvozabonlardan biri sifatida tan olingan. U "Yunayted" tarixidagi eng muvaffaqiyatli tarkibdan birida o'ynagan bo'lsa-da, birorta ham yirik sovrinni qo'lga kirita olmagan, ammo 1958 yilda SHveciyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida eng yaxshi darvozabon deb topilgan. U ikkinchi o'rin sohibiga qaraganda to'rt barobar ko'p ovoz to'plagan.
Fikrlar