So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  18 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

"Meni "Paxtakor" va katta futbolga olib kelgan, u inson futbolga ko'p narsa berdi" - Birodar Abduraimovning yubileyidan intervyular Yangiliklar

"Meni "Paxtakor" va katta futbolga olib kelgan, u inson futbolga ko'p narsa berdi" - Birodar Abduraimovning yubileyidan intervyular

Xabaringiz bor, kecha o'zbek futbolining o'tgan asrdagi eng yaxshi futbolchisi Birodar Abduraimovning 80 yillik yubileyi katta tantana bilan nishonlandi.

O'zbekiston futbol associaciyasida bo'lib o'tgan tadbirda Birodar Hasanovich bilan bir davrda to'p tepgan sobiq futbolchilar, futbol faxriylari, uning shogirdlari ishtirok etishdi. Xususan, qo'shni Qozog'istondan Qo'ralbek Ordabaev, Tojikistondan Muhsin Muhammadiev tashrif buyurib Birodar Abduraimovni samimiy tabriklashdi va esdalik sovg'alarini topshirishdi. 

Muhsin Muhammadiev (Hozirda "Istiqlol" vice-prezidenti) — Birodar Hasanovich Abduraimovni nafaqat O'zbekiston, balki boshqa mamlakatlarda ham hurmat qilishadi. SHu bois butun Tojikiston futboli, tojikistonlik muxlislar nomidan ularni tabriklayman. O'FA rahbariyatiga ham minnatdorchilik bildirib qolaman. Biz ikki hissa xursandmiz. Albatta O'zbekiston futbolini doim kuzatib boraman. SHu erda o'ynaganman, ishlaganman, ajdodlarim shu erlik. O'sish bor, mana yaqinda 20 yoshlilar o'rtasida O'zbekiston Osiyo chempioni bo'ldi. Ularga muxlislik qildik. 

Ahmad Ubaydullaev (sobiq futbolchi, murabbiy, futbol faxriysi) — Birodar aka "Paxtakor"da yulduz darajasiga chiqqanlarida men klubning o'rinbosarlar jamoasida to'p tepardim. Ularni ko'rib havas qilardik. Bitta so'z bilan aytsam, juda mehnatkash odam. SHu darajaga kelishlarida asosiy omil mehnatlari, deb o'ylayman. Keyinchalik "Umid-79" jamoasida birga ishladik. Bu odamdan faqat o'rnak olsak arziydi. 

SHuhrat Maqsudov (sobiq futbolchi, "Paxtakor" akademiyasi direktori) — Birodar Hasanovichni 80 yoshlari bilan o'zimni qolaversa, "Paxtakor" akademiyasi nomidan chin qalbimdan tabriklayman. Ochig'i havas qildim. Bizga ham nasib qilsin. 1987 yil "Paxtakor" jamoasiga meni aynan Birodar Abduraimov olib kelgan. O'sha vaqtda 10 sinfda o'qirdim. "CHig'atoy"dagi o'yinalarimni ko'rib, oldilariga chaqirganlar. Katta futbolga qadam qo'yishimga Birodar Abduraimov sababchi, deya olaman.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика