So’nggi yangiliklar

12:49Абдумажидов бугун Германияда операция қилинади  0 12:32Футзал бўйича Олий лиганинг 6-тур учрашувлари қаерда ўтиши аниқ  0 12:10Олий лига 5-тур якунлари: турнир жадвали, тўпурарлар пойгаси, рамзий жамоа  0 11:22ЎФФ йиғилишида ҳакамлик даражаси чемпионат учрашувлари савиясидан ортда қолаётгани таъкидланди  1 10:40Клопп Слот ҳақида фикр билдирди  1 10:12Шармандали мағлубиятдан сўнг Аморим нималар деди?  8 09:44Юсупов Ўзбекистонга қайтадими? Дарвозабон бу саволга жавоб берди  7 09:18МЮ "Олд Траффорд"да навбатдаги антирекорд ўрнатди  1 08:52Исроиллик футболчига Ўзбекистоннинг иккита жамоаси қизиқишмоқда  24 08:25Sofascore. Шомуродов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 08:20Элит ОЧЛ. "Насаф" – "Трактор" 0:1  9 07:58U-17 Жаҳон чемпионати. Финалчилар аниқланди  7 07:37Sofascore. Навбатдаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  5 03:00АПЛ. 80 дақиқа бир киши кўп бўлиб ўйнаган МЮ мағлубиятга учради  22 02:45"Эвертон" футболчиси жамоадошига шапалоқ туширгани учун четлатилди  9

"Meni darvozabon sifatida muhokama qilishlarini xohlayman" - SHensni Yangiliklar

"Meni darvozabon sifatida muhokama qilishlarini xohlayman" - SHensni

"Barselona" darvozaboni Voycex SHensnining fikricha, chekish uning o'yiniga tasir qilmaydi.

- Muxlislar sizning tamaki chekishingiz haqida gapirishadi. Sigareta chekadigan bir necha futbolchi bor – masalan, Buffon, Yoxan Kroyff. Bu haqda nima deya olasiz?

- Mutlaqo hech narsa. SHaxsiy hayotimda o'zgarmaydigan narsalar bor, chekamanmi yoki chekmaymanmi, bu bilan hech kimning ishi bo'lmasligi kerak. Bu menga tasir qilmaydi, menimcha, maydonda ikki baravar ko'proq mehnat qilaman. Qolaversa, men buni bolalar oldida qilib, yomon o'rnak ham bo'lmayman.

Bazida kimdir daraxtlar orqasiga yashirinib, suratga oladi. Bu menga bog'liq emas. Men buni yashirishga va boshqalarga ko'rsatmaslikka harakat qilaman. Ammo kimdir shaxsiy hayotimda odatlarimni o'zgartiraman deb o'ylasa, yana bir marta o'ylab ko'rsin, chunki men o'zgarmayman.

Men butun umrim davomida shunday bo'lganman. Meni darvozabon sifatida baholashlarini xohlayman va hech kimni qiziqtirmaydigan voqealarni izlamasliklarini istayman.

Avvalroq OAVda polshalik darvozabon stressni yo'qotish uchun chekishi haqida xabarlar tarqalgandi. SHensni 2015 yil "Arsenal"dagi davrida kiyim almashtirish xonasida chekish uchun katta miqdorda jarimaga tortilgan.

34 yoshli darvozabon 2 oktyabr kuni "Barselona" bilan 2025 yilning 30 iyunigacha amal qiladigan shartnoma imzolagan edi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика