So’nggi yangiliklar

23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  15 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  72 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4

Menga Badjo bir jahon-u menga... Yangiliklar

Menga Badjo bir jahon-u menga...

Bugun saharlik uchun uyg'onarkanman ko'nglim yana xira tortdi.

Qatorasiga 4-yangi kunni gazsiz, elektrsiz qarshilayapmiz. Bugun ham (onlayn) darslarni o'tkazib yuboradigan ko'rinaman...

Vaqt kechga yaqinlashdi. XXI asrning 20-yili o'tib borar pallada 89 soat mobaynida elektr toki xizmatidan foydalanmaslikni o'zim uchun jasorat sanayapman. 

To'g'ri-da, XX asr havosidan bir soniya ham nafas olmagan men va tengdoshlarim uchun bu qo'rqinchli tushga o'xshaydi...

Nihoyat, chiroq yondi! So'nggi kunlardagi yangiliklarni o'qib bo'lgach saytimiz kuzatuvchilaridan biri bilan suhbat qurishga to'g'ri kelib qoldi. Suhbat mavzusi o'zingizga ayon: yana futbol. 

1990-1994 yilgi mundiallar, Italiya terma jamoasi, Massaro-Badjo-Zola triosi, Vialli va Manchiniga nisbatan nohaqlik, adolat topolmagan "Skuadra adzurra"...

O'rta yoshlardagi suhbatdoshim italyan futbolining o'ziga xos jozibasi-yu Badjoning betakror harakatlari haqida to'lqinlanib gapiryapti. Lekin bu menga zarracha tasir qilmaydi. Ertakka o'xshaydi. Uning o'yinini ko'rmaganman, videolavhalardagi harakatlari esa ajablantirolmagan.

Men uchun Roberto Badjo kim?

Beo'xshov soch turmakli, nari borsa Kaka darajasiga chiqa olgan, bir g'alati amaki-da. Italiyani elkasida ko'tarib finalga olib chiqqan deyishadi. Xo'p, siz aytgancha bo'la qolsin. Modrich. Undan yuqorisi emas. Aslida, Lukani Badjoga tenglashtirish ham oson bo'lmaydi men uchun. Badjoning hisobida atigi 5ta (!) trofey bor, xolos. Xorvat esa...

"Moviy gvardiya" uchun borini bergan forvard o'ylaganimdan buyukroq bo'lishi mumkin. Lekin men faqat ko'rganimga ishona olaman.

Kechir, Badjo! 10 yil muqaddam "Milan"da yarq etib porlagan Stefan El-SHaaravining 2020 yil "Oltin to'p"ni yutishini taxmin qilgan avlod vakiliman, nachora.

Bizning asrimizda butun borliq o'zgardi, taraqqiyot sari yuz burdi. Bizning zamonda futbol ham takomillashdi. Endi Italiya Kosta-Rika va Urugvayga pley-off, shvedlarga mundial chiptalarini yutqazib qo'yishi mumkin. 

Hozir hammasi o'zgacha. XXI asrda Badjo, Pele, Platini, Maradona yoki Krasnickiylar bo'lmaydi. Yangi asrning yangi nomlari, yangi yulduzlari, tamomila yangicha qoidalari bor. Faqat...

Faqat bazi narsalargina Badjo zamonidan buyon o'zgarishsiz qolib kelyapti: (sababi masullarning vijdoniga havola) gaz, elektr, internet...

Faxriddin Ro'ziev

G'ijduvon, 01.05.2020

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика