So’nggi yangiliklar

13:39"Бавария" 2025 йил ёзида Симонс билан шартнома имзоламоқчи  1 13:14Мбаппе ёки Винисиус — пенальти ва жарима зарбаларини ким тепади?  1 12:48Расман: Ромеу "Жирона"га қайтди  2 12:22Танташев кеча олган жароҳати туфайли Элит ОЧЛ плей-офф учрашувида ишлай олмайди  5 12:15Мареска "Челси" нима учун Галлахерни сотишга мажбурлигини тушунтирди  0 11:55"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 11:03Футзал. ЖЧ-2000. Ўзбекистоннинг дастлабки уриниши, 29 та гол ўтказган мезбон ҳамда бир ўйинда икки дарвозабонидан айрилиб, учинчи посбон билан Бразилиянинг гегемонлигига чек қўйган чемпион ҳақида ҳикоя қиламиз  0 10:34«Тоттенхэм» 75 миллионга ҳужумчи сотиб олади  2 10:02«Ньюкасл» Англия терма жамоаси аъзосини 70 миллион еврога сотиб олади  8 09:31Давид де Хеа фаолиятини Европанинг ТОП-5 чемпионатида давом эттиради  3 09:03Карло Анчелотти Беллингемнинг ҳаракатидан норози? Нега?  6 08:35Хулиан Альварес фаолиятини «Атлетико»да давом эттиради  9 08:08Федерико Кьеза фаолиятини Италиянинг бошқа бир топ клубида давом эттириши мумкин  2 07:40Бугун Ўзбекистон кубогининг чорак финалига старт берилади  5 07:17Бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи Париж Олимпиадасида қатнашади   4

Men yoqtirgan final Yangiliklar

Men yoqtirgan final

Teglar :  O'zbekiston Kubogi
Yana ikki kundan so'ng O'zbekiston Kubogi finali o'tkaziladi.

Farg'onadagi markaziy stadionda "Paxtakor" va AGMK klublari "billur sovrin" uchun bahs olib borishadi. Nima uchundir bu yilgi finalga qiziqish u qadar yuqori emasdek. Ajiotaj ham yo'q (Har holda menga shunaqa tuyulyapti). Kubokka qiziqish faqat shu yil emas, balki yildan yilga tushib ketayotgandek. Bundan 10 yillar muqaddam Kubok finali juda qiziq bo'lardi. Aytish mumkinki, o'sha paytlari finalga bo'lgan qiziqishni va etiborni "Bunyodkor" olib kirgandi. Qandaydir boshqacha o'tardi Kubok finallari. 

Lekin bu yilgisi qanday bo'ladi, qanchalik qiziq o'tadi, bir narsa deyish qiyin. 28 oktyabr kuni "Milliy" ("Bunyodkor") stadionida katta tadbir rejalashtirilmoqda. SHu kuni sobiq futbolchi Luis Garsiya tashrif buyuradi. Qolaversa, stadionga kelgan muxlislar katta ekranda "Barsa" va "Real" o'rtasidagi el-klasikoni ko'rish imkoniga ega bo'lishadi. Futbolimiz rahbarlari shu kuni qaerda bo'lishadi: Toshkentdami yo Farg'onadami, buni bilmaymiz. Har holda bir kunda ikkita tadbir mo'ljallangan. Qolaversa, final g'olibiga kubokni kim topshirishidan ham hozircha xabarimiz yo'q. 

SHu o'rinda o'zim ko'rgan Kubok finallari orasida uchta o'yinga alohida to'xtalishni lozim topdim. Avvalo shuni aytishim kerak, 2003 yildan beri Kubok finallarini ko'rib kelaman. Stadionga borib ko'rgan ilk finalim 2003 yil "Paxtakor" va "Nasaf" o'rtasida o'tgandi. O'shanda "Paxtakor" 3:1 hisobida g'alaba qozongan, o'yindagi oxirgi golni Mirjalol Qosimov juda chiroyli tarzda kiritgandi. "Nasaf" tarkibida Dilshod Mavlonov to'p kiritgani ham yodimda qolgan. 

SHundan so'ng to 2007 yilgacha keyingi finallar ham o'zigan yarasha qiziq kechdi, ammo o'zim ko'rgan o'yinlar orasida eng zo'ri deb birortasini ajratib ko'rsata olmayman. Men yoqtirgan uchta final 2007, 2008, 2009 yillarda ro'y bergan. Ayniqsa, 2007 yilgi final esingizdami? "Loy jangi" deb nom olgan bahs 9 dekabr kuni MHSK stadionida o'tkazilgandi. O'sha kuni rosa yomg'ir yoqqan, buning oqibatida maydonda umuman to'p tepib bo'lmaydigan darajaga kelib qolgandi. 


Maydonda o'sha paytlarning eng kuchli jamoasi "Paxtakor" va unga etarlicha qarshilik ko'rsatish niyatida tuzilgan "Quruvchi" (hozirgi "Bunyodkor") saf tortib turardi. "Quruvchi" oliy ligada o'ynagan birinchi mavsumidayoq muxlislar mehrini qozongandi. Havoning avzoyi buzuq bo'lishiga qaramay, 10 mingdan ziyod ishqiboz finalni ko'rish uchun MHSK stadioniga tashrif buyurgan, qolaversa bu Mirjalol Qosimovning bosh murabbiy sifatida ilk finali edi. 

O'yinni hozirgi paytda O'FA Hakamlar qo'mitasi rahbari Noil Lutfullin boshqargan. O'sha kuni chin manoda loy jangi bo'lgandi. Uchrashuvda hisob ochilmagan va yakunda penaltilar seriyasiga qadar etib borilgan. Penaltilar seriyasida esa omad "Paxtakor"ga kulib boqqan. 7:6 hisobida zafar quchgan "Paxtakor" o'z tarixida ketma-ket 7-marta Kubok sohibi bo'lgandi. 


"Paxtakor" safida penalti tepgan futbolchilar: Server Jeparov, Islom Inomov, Timur Kapadze, Kamoliddin Tojiev, Asror Aliqulov, Ildar Magdeev, Timur Jo'raev. "Quruvchi" tarkibida gol urgan futbolchilar: Aleksandr Xvostunov, Viktor Karpenko, Yorqin Nazarov, Sergey Lushan, Gochguli Gochguliev, SHavkat Salomov. Birgina Rashid G'ofurov penaltidan to'g'ri foydalana olmagani uchun "Quruvchi" yutqazib qo'ygandi. Bahs yakuniga etgach, O'FF prezidenti Mirabror Usmonov g'olib jamoaga "billur sovrin"ni topshirgandi. 


2008 yilgi final ham men uchun alohida esda qolarli bo'lgan. Bu safar hal qiluvchi bahs "Paxtakor" markaziy stadionida o'tkazilgan, bunda yana "Paxtakor" va "Bunyodkor" jamoalari to'qnash kelgandi. Lekin bunisida "Bunyodkor" g'olib chiqqan. O'yinda nimalar esda qolgan? Birinchi navbatda Odil Ahmedovning juda chiroyli gol urgani. Goldan stadion larzaga kelgandi. "Paxtakor" hisobda oldinga chiqib olgan bo'lishiga qaramay, oradan besh daqiqa o'tib Jasur Hasanov hisobni tenglashtirgan. O'yindagi eng kulminacion vaziyat esa qo'shimcha bo'limlarda yuz bergan. 

90 daqiqalik o'yin 1:1 hisobida yakuniga etgach, navbat qo'shimcha taymlarga kelgan. Mana shu lahzalarda zaxiradan maydonga tushgan Anvar Soliev o'zini ko'rsatgandi. U 101 va 104-daqiqalarda o'zini ko'rsatib raqib darvozasiga ikkita to'p kiritgan. Haqiqiy bayram hakamning final hushtagi chalinganidan so'ng boshlangandi. O'z tarixida ilk bor Kubokni qo'lga kiritgan "Bunyodkor" g'oliblikni juda ajoyib tarzda nishonlagan, taqdirlash marosimi ham yuqori darajada bo'lgandi. Esimda, o'sha finaldan keyin Xayrulla Karimov 4-raqam tushirilgan futbolkasini sovg'a qilgandi. Mana shu final ham men uchun ajoyib xotiraga aylangan. 


Menga yoqqan uchinchi final ham bir yil o'tib yana "Paxtakor" va "Bunyodkor" o'rtasida kechgandi. Bu o'yinda Stanislav Andreevning yagona goli evaziga "Paxtakor" g'alaba qozongan. Hozir o'yinni u qadar yaxshi eslay olmasam ham, lekin hakamning final hushtagi yangraganidan so'ng "Bunyodkor"ning o'sha paytdagi murabbiyi Luiz Felipe Skolari futbolchilarning hammasini kiyim almashtirish xonasiga olib kirib ketgani kechagidek yodimda. Juda g'alati voqea yuz bergandi. Skolari o'shanda mag'lubiyatga chiday olmagandi. Murabbiyning bu qilig'iga hamma hayron qolgandi. 

Xullas, men ko'rgan O'zbekiston Kubogi finallari orasida eng esda qolgan uchta o'yin qaysi deganda 2007-2009 yillar oralig'ida bo'lib o'tgan ketma-ket uchta finalni aytgan bo'lardim. Albatta, undan keyin ham yaxshi finallar bo'ldi. Masalan, 2014 yil "Lokomotiv"ning Olmaliqdagi stadionda "Bunyodkor"ni 1:0 hisobida mag'lub etgani ham esda qolarli bo'lgan. O'shanda finalni koreyalik hakam Kim Dong Jin boshqargandi. Va eng qizig'i, o'yinda Jasur Hasanov ham gol urib jamoasiga g'alaba keltirgan, ham qizil kartochka olib maydonni tark etgandi. 

Lekin finallar orasida eng yoqqani sifatida bittasini tanlashga to'g'ri kelsa, 2008 yilgi Kubok finalini tanlasam kerak. Odil Ahmedovning ajoyib goli-yu, Anvar Solievning dubli va Zikoning O'zbekistondagi ilk sovrini. 

Hurmatli muxlis, Siz uchun eng esda qolarli O'zbekiston Kubogi finali qaysi va bu yilgi finaldan nima kutyapsiz?

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика