“Dinamo” urugvaylik Brazilni o'z safiga qo'shib oldi. U O'zbekiston chempionatidagi ilk urugvaylik futbolchiga aylandi
18 jan 23:14
Yangiliklar
“Dinamo” urugvaylik Brazilni o'z safiga qo'shib oldi. U O'zbekiston chempionatidagi ilk urugvaylik futbolchiga aylandi
“Mauro Brazil – «Dinamo» futbolchisi
2026 yilgi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirayotgan “Dinamo” PFK legioner futbolchi bilan kelishuvga erishganini malum qiladi.
Dubayda yig'in o'tkazayotgan jamoamiz safiga urugvaylik Mauro Brazil kelib qo'shildi. 26 yoshli legioner himoyachi bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Mauroning so'nggi klubi Urugvay chempionati vakili “Serro-Largo” klubi bo'lib, 2025 yilda Klausurada 5-o'rinni egallagan.
Mauro Brazil o'z vaqtida Urugvay U20 yoshlar jamoasi safida 10ta o'yinda maydonga tushgan. Shuningdek, u Urugvay milliy jamoasiga ham chaqirilgan bo'lib, debyutini 2024 yilda Kosta-Rikaga qarshi bahsda (0:0) o'tkazib, markaziy himoyada harakat qilgan.
Mauro Brazil – “Dinamo” tarixidagi urugvaylik ilk o'yinchiga aylandi. Ishonamizki, Brazil barchaning ishonchini oqlaydi va Samarqand klubida katta muvaffaqiyatlarga erishadi.
Bienvenido, Mauro Brasil!
Malumotnoma:
Mauro Alexandro Brazil
Tug'ilgan joyi: Montevideo, Urugvay.
Tug'ilgan sanasi: 27 aprel, 1999 yil
Ampluasi: Markaziy himoyachi”, — deyiladi klub xabarida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar