So’nggi yangiliklar

15:49Куртуа "Реал" сафидаги юбилей "қуруқ" ўйинини ўтказди  0 15:22Футбол тарихидаги энг яхши 10 нафар сардор  9 14:55ПСЖ португалиялик футболчиcини ўзида сақлаб қолмоқчи  0 14:13Тома Табатадзе "Навбаҳор" билан хайрлашди  3 13:45U-17 Жаҳон чемпионатида Осиёдан 9 та жамоа! Бу қандай бўлади?  3 13:27Мутахассис нигоҳи - "Футболни алдаб бўлмайди, кам бюджет билан ҳам яхши жамоа қилиш мумкин"  4 13:01"Барселона" Влаховични Левандовскининг вориси сифатида кўрмоқда  7 12:35Абдусалом Азизов ЎФАдаги фаолиятини давом эттирадими?   11 12:12Суперлига янги мавсуми 7 мартдан старт олиши кутилмоқда  1 11:48Сервер Жепаров нима учун Европада ўйнаш насиб қилмаганини тушунтирди  7 11:20Суперлига 25-тур фактлари. "Бунёдкор"да тарихий ғалаба, ОКМК 11 йилдан сўнг Тошкентда "Пахтакор"ни ютди, "Навбаҳор"нинг ишлари беш  0 10:42"Пахтакор"нинг Эрон клублари билан ўйинлари статистикаси қандай?  0 10:06Руд ван Нистелрой АПЛ жамоасини бошқариши мумкин  1 09:33Роналдуни судга беришди  44 08:53Дебют ўйинида «Ипсвич»ни юта олмаган Аморим нималар деди?  10

"Men - rusman". Rossiya terma jamoasidagi ilk qora tanli futbolchi bilan suhbat Yangiliklar

"Men - rusman". Rossiya terma jamoasidagi ilk qora tanli futbolchi bilan suhbat

Rossiya fuqaroligini qabul qilib shu yurt terma jamoasida o'z debyutini o'tkazgan Ari intervyu berdi.

2010 yilning fevral oyida braziliyalik hujumchi Ari Rossiyaga kelib, Moskvaning "Spartak" klubi bilan shartnoma tuzgandi. O'tgan vaqt mobaynida u 3ta klub tarkibida Rossiya chempionatida jami 269 o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'ldi. Bundan tashqari Rossiya fuqaroligini qabul qilib, Rossiya milliy terma jamoasi safida maydonga tushdi. 

SHu yilning bahor oylarida Ari tanasiga tatuirovka chizdirdi. Unda hujumchining faoliyati xarita bo'ylab tasvirlangan: Braziliya - SHveciya - Gollandiya - Rossiya. U bilan suhbat uyushtirgan jurnalist tabiiyki tatuirovkaga doir savol bilan ham murojaat qildi. 

- Siz uchun tatuirovkadagi har bir mamlakat nimani anglatadi? 

- Braziliya - ona Vatanim. U erda juda qiyin bolalikni boshdan kechirganman. Yoshligimda onamga yordam berish uchun meva sotardim va qurilishda ishlardim. Men futbolga to'satdan kirib kelganman. Keyin tarbiyalab yaxshi futbolchi qilishdi. SHveciyaga borish Evropa tomon ochilgan oyna bo'ldi. U erda men o'zim uchun yangi hayotni kashf qildim, SHveciyada o'ynab chempionat to'purari bo'ldim. 

Gollandiyada futbolchi va inson sifatida o'sishga erishdim. Mashhur murabbiy Lui van Gal qo'l ostida o'ynadim. Rossiya va Krasnodar esa mening ikkinchi uyim. "Spartak" tarkibida CHempionlar ligasida o'ynadim, "Lokomotiv" bilan Kubokda va chempionatda zafar quchdim. To'g'risini aytsam, o'zimni rus deya olaman. SHu bois Rossiya pasportini olganimdan va terma jamoada debyut qilganimdan xursandman. Agar 10 yil oldin menga kimdir shunday hayot scenariysini tuzib berganida o'sha odam aqldan ozibdi deyishim turgan gap edi. Ammo bu - hayot, inson har narsaga tayyor turishi kerak ekan. 


- Siz uchun o'zingizni rus deb qabul qilish nimani anglatadi? 

- Mamlakatni sevish, tarixini hurmat qilish va odamlarga yordam berish. Masalan, men doim bu erdagi milliy bayramlarni nishonlayman: Rossiya kuni, G'alaba kuni... Birinchi bor ko'rganimda nima uchun odamlarga paradga chiqadi deb hech tushunmasdim. Keyin esa tushunib etdim, 9 may -  G'alaba kuni odamlar uchun qanchalik qadrli ekanini. SHu bois men ham qizim bilan "O'lmas polk" paradiga chiqa boshladim. 


- Rossiya terma jamoasiga chaqirilganingiz Pogrebnyak, Pavlyuchenko kabi mashhurlarda norozilik uyg'otdi. Ular bilan yarashib oldingizmi?

- Yo'q. Lekin menga ular bilan birga bir gaplashish yoqdi. Bazan odamlar bir-birini tushunmasdan har xil gaplarni aytadi. Lekin har doim tinchgina muloqot orqali masalani hal qilish mumkin. Buning uchun matbuotni ishga solish shart emas.


- Pavlyuchenko Ari Rossiya Kubogi finalida janjal chiqargani uchun ham terma jamoaga olinmasligi kerak dedi. 

- Men o'sha holat uchun allaqachon kechirim so'raganman. Juda uyatda qolgandim. Tushunaman, futbolni yosh bolalar ham ko'radi va ularga bu vaziyat boshqacha tasir qilishi mumkin. Men ham xato qilganman va o'z vaqtida kechirim so'raganman.


- Siz uchun irqchilik nima manoni bildiradi? 

- Hammasi oddiy: sen hurmat qilmagan odamni tanasining rangidan kelib chiqib haqorat qilasan. Bu esa boshqa millat vakiliga nisbatan haqorat hisoblanadi. 


- Savolni boshqacha qo'yamiz: sizni birov "shokolad" desa bu irqiy kamsitishga kiradimi? 

- Agar yomon niyatda aytsa ha. Lekin shiringina qilib "shokolad" desa buni to'g'ri qabul qilaman. Meni erkalab "Sen mening shokoladimsan", "Sen mening gorillamsan" deyishsa bu borada muammo ko'rmayapman. 


- Agar tribunadan "Rossiya terma jamoasiga maymunning nima keragi bor?" deb baqirishsa-chi? 

- Bunisi endi oshib tushgan bo'ladi. Etibor bering, oxirgi paytlarda Rossiyada irqchilik, birovni kamsitish deyarli kuzatilmayapti. Men terma jamoadan taklif olganimda atrofdagilarning qo'llab-quvvatlashini his qildim. 


- Hozir 34 yoshdasiz. Haliyam o'sishda davom etyapsizmi? 

- Men kuchli bo'ldim, bu aniq. Bu birinchi navbatda bizda ahil jamoa yig'ilgani bilan bog'liq. Menga hozirgi "Krasnodar" juda yoqyapti, jamoa bilan CHempionlar ligasida uzoqqa borishni xohlayman. 


- Qiziq, bundan bir yarim yil oldin "Krasnodar"ga boshqa qaytmayman degandingiz. 

- Hammasi SHalimov tufayli bo'lgan. Men aynan undan xafa bo'lgandim, natijada shu gapni aytganman. SHalimov menga umuman ishonmasdi. 


- O'shanda siz haqingizda mashg'ulotlarda yaxshi ishlamayapti, jamoadoshlari bilan urishib yuribdi degan gap chiqqandi. 

- Hammasi safsata. Sizga aslida nima bo'lganini aytib beraman. Fyodor Smolov asosiy tarkibda endi o'ynashni boshlaganida dastlab o'ng va chap qanot vingeri sifatida harakat qilardi, keyin markaziy hujumchiga aylandi. O'shanda men ham yaxshi formada edim, biroq murabbiy menga umuman etibor bermasdi. Keyin SHalimov bilan ikki bor suhbatlashdim va u boshqalar sendan kuchli, menga keraging yo'q dedi. Natijada ketaman va boshqa kelmayman deb aytdim. Hech kim bilan tortishganim yo'q. 


- SHunday qilib mashg'ulotlarda ishlashni to'xtatib qo'ydingizmi? 

- Bunaqasi umuman bo'lmagan. Istalgan futbolchi oldiga borib so'rang, u men haqimda faqat rostini aytadi. Smolov bilan ham oramizda hech qanday gap-so'z bo'lmagan. Hatto avvalgi mavsum avvalida unga biz bir oila bo'lishimiz kerak, shunda natija keladi dedim. Unga "Lokomotiv"ning qanday chempion bo'lganini misol qilib ko'rsatdim.


- "Krasnodar"da bosh murabbiy siz uchun qanday rol o'ynaydi? Axir u sizdan atigi bir-ikki yosh katta. 

- Har doim meni qo'llaydigan insonlarni hurmat qilaman. Murod Musaev meni hurmat qiladi, o'z navbatida men ham uni. Men uchun Musaevning oldin futbol o'ynagan-o'ynamagani sira qiziqtirmaydi, eng muhimi unda bilim bor. U futbolchilar bilan gaplashishni biladi. CHempionat paytida bir voqea sodir bo'ldi. Mashg'ulotga kech qolganim uchun murabbiy jarimaga tortdi. SHunda men agar o'yinda gol ursam, jarimani bekor qilasizmi deb so'radim. Musaev ko'ndi. O'yinda gol urdim va jarima to'lamadim. Asosiysi maydonga tushib o'z ishimni bajarganimdan xursandman. 


- Yuriy Syomin haqida nima deya olasiz? 

- Juda aqlli odam. U kishini umuman alday olmaysiz. Syomin bir qarashdayoq kayfiyatingiz qanaqaligini biladi. U hatto mashg'ulotdan chetlatib, bugun ishtiyoqing yo'q, bor damingni ol deyishi ham mumkin. Bir so'z bilan aytganda, Syomin - haqiqiy afsona. 


- Oleg Kononov borasida-chi? 

- Juda yaxshi inson. Kononov braziliyalik futbolchilar bilan ishlashni yaxshi ko'radi. Men uning qo'l ostida o'zimni juda erkin his qilganman. 


- Yana qaysi murabbiyni ajratib ko'rsata olasiz? 

- CHerchesovni. U ham aqlli inson. Terma jamoada intizom o'z o'rnida. CHerchesov har bir futbolchining harakatini diqqat bilan kuzatib boradi.  


- Aytgancha, CHalov haqida qanday fikrdasiz? 

- Fyodor - Rossiya chempionatining eng yaxshi to'purari, shuning o'ziyoq hamma gapni aytib turibdi. Lekin u to'xtab qolishi kerak emas. 


- Rossiyada uzoq vaqt qolishni xohlaysizmi? 

- Albatta. Menga bu er juda yoqadi. O'ylaymanki, 40 yoshda ham Rossiyada to'p tepayotgan bo'laman. 


X.Xoliqov tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика