So’nggi yangiliklar

08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  0 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  0 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  6 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  8 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  116 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  849 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2

"Men qolaman va hech nimani o'zgartirmayman". Mourino "Sevilya" bilan o'yindan keyin dardlarini to'kib soldi Yangiliklar

"Men qolaman va hech nimani o'zgartirmayman". Mourino "Sevilya" bilan o'yindan keyin dardlarini to'kib soldi

Bugun MYU Angliya Kubogi doirasida "Brayton"ga qarshi bahs olib boradi.

Ushbu uchrashuvdan oldin Joze Mourino taxminan 12 daqiqa vaqt davomida o'zi, dushmanlari, futboldagi merosi haqida monolog o'qidi.

"Siz shunday ifoda bilan tanishmisiz yoki yo'q bilmayman, men esa buni sevaman: "Har bir devorning eshigi bor". Kimdir meni tashvishga solayotgani uchun qochib ketmoqchi, yo'qolib qolmoqchi yoki yig'lamoqchi emasman. Er osti yo'lida ham yashirinmoqchimasman. Jamoamni keyingi o'yin uchun tayyorlamoqdaman, javobgarlikdan qochmayman. 20 yoshligimda futbolda hech kim edim. Men shunchaki kimningdir g'ururli o'g'li edim.



Ayni damda 55 yoshdaman va men borman. Futbolda faoliyat yuritganim, iqtidor va yaxshi fikrlash evaziga barcha maqsadimga etdim. Ko'p, ko'p, ko'p yillardan beri meni juda, juda, juda yomon ko'radigan muxlislar esa: "Yana u yutdi, yana u yutdi", demoqda.

10 oy davomida hech nima yutmaganimda, oxirgi sovrinim 10 oy oldin qo'lga kiritilganida, "CHelsi" va "Liverpul"ni yutganim kabi, "Sevilya"ga mag'lub bo'ldim va ularga baxtli onlarni taqdim etdim. Diniy jihatdan shuni keltirmoqchiman: Hatto, u dushmaning bo'lsa ham, boshqalarning muvaffaqiyatidan hursand bo'lish zarur. SHunday bo'lsin. Men juda baxtli odamman va qandayligimdan doimo mamnunman.

Rahbariyat bilan bir yo'ldamiz, bu juda ajoyib hissiyot. Ed Vudvord va Richard Arnold meni to'g'ri tushunmoqda va qabul qilmoqda. Oramizda hech qanday kelishmovchiliklar yo'q, nimalarimiz bor va keyingi mavsumda nimalar qilish kerakligi borasidagi investiciyalarda hamfikrmiz. Biz bir yo'ldamiz, ishlar yaxshi. Ajoyib ishim bor.

Men har doim muxlislarga o'z fikrlarini bildira olishga haqlari borligini, bu esa futbolning merosi ekanligini aytaman. Murabbiyga nima meros qolgan? U oxirgi marta 2011 yilgi CHempionlar ligasida finalga chiqqan jamoani qabul qilib olgan.

"Yunayted" 2011 yilgi CHempionlar ligasidan keyin: 2012 yilda guruhdan chiqa olmagan, o'shanda ularning tarkibi joriy mavsumdagi "Benfika", "Bazel" yoki Ruminiyaning "Ocelul"i kabi bo'lgan. 2013 yilda 1/8 finalda men boshqargan "Real"dan mag'lub bo'ldi. 2014 yilda ham omadsizlik, bu safar chorak finalda.

2015 yilda esa umuman evrokuboklarda qatnashmadi. 2016 yilda yana guruh bosqichidan keyingi omadsizlik, 3-o'rinni olib, Evropa ligasidan ham chiqib ketishdi. 2017 yilda Evropa ligasida g'alaba qozonib, yana Evropa chempionlar ligasiga qaytdi. Bu turnirning guruh bosqichida 18 imkoniyatdan 15 ochko jamg'arib, keyingi bosqichga yo'llanma. 1/8 finalda mag'lubiyat.



4 nafar har xil murabbiy qo'l ostidagi jamoaning natijalarini tahlil qiladigan bo'lsak, "Yunayted" hali biror marta ECHLda yaxshi natija qayd eta olmadi, ikki marta guruh bosqichidan chiqib ketdi, eng yaxshi natija esa - nimchorak final. Mana shunday.

Endi APL haqida: "Yunayted" so'nggi bor ligani 2012/13 yilda qo'lga kiritgan. Keyingi to'rt yilda esa ettinchi, to'rtinchi, beshinchi va oltinchi o'rinlarni egalladi. Eng yaxshi natija - kuchli to'rtlik. Futbol merosi borasidagi mening tushuncham - qaerda turgan bo'lsang, o'sha erdan start ol. Bugun bu erda bo'lsangiz, keyin boshqa joyda bo'lasiz. "Manchester Yunayted"ning barcha muxlislarini hurmat qilaman va bundan keyin ham shunday bo'ladi. Kim bilandir gaplashib turgan vaqtingiz ular mening natijalarimdan xafa bo'lishsa, men ularga qanday jamoani qabul qilib olganligimni va ular bilan qanday darajaga etganimni tushuntirib beraman.

Eslang, "Real"ni qabul qilib olganimda necha futbolchisi ECHLning chorak finalida o'ynagandi? Xabi Alonso "Liverpul" tarkibida, Iker Kasilyas "Real"da, Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted" bilan. Qolganlar esa bundan chetda qolgandi. Mana shunday jamoani qabul qilib olganman.
Bu haqiqiy statistika. Mana, "Manchester Siti" so'nggi 7 yillikda biror marta kuchli to'rtlikdan pastga tushib ketmagan. Ikki marta chempion bo'ldi, balkim buni uch marta desak ham bo'ladi, bu 3 haftadan keyin aniqlanadi. Ikki marta ikkinchi o'rinni egalladi. Murabbiylar mana shunday jamoalarni qabul qilib olishadi. Yana kerakmi? Nikolas Otamendi, Kevin de Bryuyne, Fernandino, David Silva, Raxim Sterling, Serxio Aguero - bu futbolchilar jamoaning so'nggi yillarda kiritgan investiciyalari evaziga qo'lga kiritilgan. O'tgan mavsumda necha futbolchi jamoani tark etganini bilasizmi? Ular hozir qaerda, qaysi jamoa tarkibida o'ynamoqda?



Bu futbolning merosidir. Qachonki "Yunayted"ni tark etadigan bo'lsam, mendan keyingi murabbiy Lukaku, Matich, va albatta, De Xea bilan ishlaydi. Bu futbolchilarning mentaliteti boshqacha, o'yin sifati, statusi, o'yinni tushunishi boshqacha. ECHLning chorak finaliga chiqqan jamoalarning tarkibiga qarang. "Barsa" kabi bir necha futbolchilar klub sharafini uzoq yillardan buyon himoya qilib kelmoqda. "Real", "Yuventus" va "Bavariya"da ham shunday. Bunga mening sobiq "Inter"imni va o'tgan yilgi "Monako"ni ham kiritsa bo'ladi.

Kecha klubning yangi ishchisi bilan uchrashib qoldim va so'radim: "Nega aynan shu erda ishlashga qaror qilding?". U esa bu erda ishlar fantastik darajada olib borilishini, vazifalarning yuqoriligi va bu unga yoqishini aytdi. Men ham bu erga aynan shu sabab bilan kelganimni aytdim. Agarda boshqa davlatda ishlaganimda chempionlik sovrinini ertaroq qo'lga kiritgan bo'lardim, biroq men bu erdaman. Men qolaman va hech nimani o'zgartirmayman ".


Mirjalol Normatov tarjima qildi

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика