"Men bilan barchasi joyida". Kristian Eriksen muxlislarga salom yo'lladi
15 iyu 2021 14:26
Yangiliklar
"Men bilan barchasi joyida". Kristian Eriksen muxlislarga salom yo'lladi
Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksen Evro-2020 doirasidagi Finlyandiya (0:1)ga qarshi o'yindagi yurak hurujidan so'ng barchaga murojaat qildi.
"Barchaga salom. Dunyo bo'ylab iliq salomlaringiz va xabarlaringiz uchun katta rahmat. Bu men va oilam uchun ko'p narsani anglatadi.
Men bilan barchasi joyida. Hali shifoxonada bir qator tekshiruvlardan o'tishim kerak, ammo o'zimni yaxshi his qilyapman.
Endi men keyingi o'yinlarda Daniya terma jamoasiga muxlislik qilaman. Butun Daniya uchun o'ynang!
Barcha yaxshi tilaklar bilan, Kristian", - deb yozdi Eriksen.
O’xshash yangiliklar
08:43
O'zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi o'z mamlakatida 2024 yilning eng yaxshisi bo'ldi 2
Fikrlar