Meksika JCH-2026 uchun hukumatdan kafolat oldi
17 fev 2018 11:04
Yangiliklar


Meksika JCH-2026 uchun hukumatdan kafolat oldi
Meksika hukumati 2026 yildagi jahon chempionatini AQSH va Kanada bilan birga o'tkazish uchun rasmiy kafolat taqdim etdi.
Bu haqda Meksika futbol federaciyasi matbuot-xizmati malum qildi.
Oldinroq, AQSH, Kanada va Meksikaning birlashgan tashkiliy qo'mitasi jahon birinchiligini o'tkazishga tayyor bo'lgan 44ta shaharni tanlagan edi. Yakuniy ro'yxatga 12ta shahar va 25ta stadion kirishi kerak. Mundialga mezbonlik qilish uchun rasmiy xat joriy yilning mart oyida FIFAga yuborilishi kerak.
Eslatib o'tamiz, 2026 yildagi jahon chempionatida 48ta terma jamoa ishtirok etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar