So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  1 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  2 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  10 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  16 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Mehribonlik uylari o'rtasidagi Jahon chempionati g'oliblariga velosiped sovg'a qilindi (+FOTO) Yangiliklar

Mehribonlik uylari o'rtasidagi Jahon chempionati g'oliblariga velosiped sovg'a qilindi (+FOTO)

Bugun, 30 may kuni poytaxtimizdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan CHempionlar yurt faxri tadbiri tashkil qilindi.

Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar berdi.

Ushbu tadbirda yaqinda Moskva shahrida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasida bo'lib o'tgan jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritgan yosh futbolchilarimiz, Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, O'zbekiston futbol associaciyasi Bosh kotibi Sardor Rahmatullaev, Professional futbol ligasi direktori Omon G'ofurov, shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi akademik licey o'quvchilari ishtirok etishdi. 

Tadbir davomida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov so'zga chiqib, yosh chempionlarimizga o'zining eng samimiy tilaklarini izxor etdi.

«Eng avvalo qo'lga kiritilgan ushbu g'alaba bilan yana bir marotaba tabriklayman. Ushbu g'alabadan barchamiz xursandmiz. Yurtimizda yaratilgan imkoniyatlar kengligidan mana shunday muvaffaqiyatlar qo'lga kiritilmoqda. Siz bugungi kun qahramonlarisiz. Tengdoshlaringiz sizlarga qarab yangi marralarga intiladilar. Kelajakda bundanda katta muvaffaqiyatlar tilab qolaman», – dedi Jasur Matchanov. 

SHundan so'ng yosh chempionlarga Milliy olimpiya qo'mitasi sovg'alari – velosipedlar taqdim etildi.

Taqdirlash marosimidan so'ng bolalar ashula va raqs guruhi o'zining chiqishi bilan yig'ilganlarning kayfiyatini xushnud etdi. So'ngra tadbir ishtirokchilari yosh chempionlarga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojat qilishdi.

Reyting: -62   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика