MDH Kubogi o'yinchilari ishtirokida mini-turnir bo'lib o'tdi
08 apr 2016 14:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/204097_original.jpg)
![](/upload/storage/204097_220.jpg)
MDH Kubogi o'yinchilari ishtirokida mini-turnir bo'lib o'tdi
Kecha musobaqaning barcha ishtirokchilari Toshkentga etib keldi. FIFA o'yinchilari MDH Kubogi oldidan futbol bo'yicha "7x7" ko'rinishida mini-turnir o'tkazishdi. Unda 3 ta jamoa ishtirok etdi: "O'zbekiston terma jamoasi", "Toshkent terma jamoasi" va "MDH terma jamoasi". Bu yigitlar nafaqat komyuter o'yinlarida, balki haqiqiy futbolda ham yaxshi harakat qila olishlarini isbotlashdi. Mini-turnirda uchchala jamoa kuchi teng keldi.
MDH terma jamoasi
Barcha ishtirokchilar
Futbol musobaqasi mehmonlarimizda yaxshi taasurot qoldirdi va ular bu haqida o'zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bo'lishishdi.
Eslatib o'tamiz, bugun FIFA16 bo'yicha MDH Kubogiga qura tashlanadi. Quradan so'ng O'zbekistonning mashhur sharhlovchilari Davron Fayziev va Mirzahakim To'xtamirzaevlar AAEL finalini sharhlashadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar