So’nggi yangiliklar

15:51"Барселона" "Реал" билан Александер-Арнольд учун курашиши мумкин  0 15:25“Пахтакор-79” хотирасига бағишланган шеър  0 15:08Сидиқовнинг голи ҳал қилган "Насаф" — "Пахтакор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 14:57"Пахтакор-79" хотираси ёдга олинди  0 14:32Ўзимизнинг карикатура. Қалбларда мангу яшайсиз  1 13:57"Қизилқум" клуби 1979 йилги фожиада ҳалок бўлган "Пахтакор"нинг навоийлик ўйинчиси қабрини зиёрат қилишди  0 13:31Ван-Биссака фаолиятини "Вест Хэм"да давом эттиради  1 13:07ПСЖ ярим ҳимоячисини "Бешиктош"га ижарага беради  0 12:42Агуэро Альварес ҳақида: "Симеоне учун идеал ўйинчи. У "Атлетико"да ҳар ўйинда ҳаракат қилади – унинг Холанд билан рақобат қилишига тўғри келмайди"  0 12:12Эдерсон "Ман Сити"да қолади: "Пеп билан суҳбат ҳал қилувчи ролни ўйнади. Янги титуллар ютишга эътиборимни қаратганман"  1 11:43"Барселона" ҳимоячиси Араухо "Борнмут"га ўтади  1 11:13"Ливерпуль" Субименди билан музокараларни бошлади  0 10:44Озарбайжонлик дарвозабон "Барселона" билан шартнома тузди  2 10:15«Манчестер Юнайтед» «Бавария» билан келишувга эришди - Фабрицио Романо  4 09:46Футзал. Ўзбекистон ва Ангола ўртасидаги бугунги учрашув 13 августга қолдирилди. Нега?  0

MDH Kubogi-2016. Robert Faxretdinov (RoX.Ufenok77) MDH Kubogi g'olibi Yangiliklar

MDH Kubogi-2016. Robert Faxretdinov (RoX.Ufenok77) MDH Kubogi g'olibi

Teglar :  FIFA16MDH Kubogi
FIFA16 bo'yicha MDH Kubogi-2016 g'olibi aniqlandi.

YANGILASH

GRANDFINAL

RoX.Ufenok77 - Anox.Timon 3:2 

1. "Yuventus" - "Bavariya" 2:1

2. "Real" - "Real" 0:1

3. "Barselona" - "Yuventus" 2:1

4. "Bavariya" - Braziliya 2:1


01:52. RoX.Ufenok77 hal qiluvchi uchrashuvda "Bavariya" bilan "Anox.Timon"ning Braziliya terma jamoasini mag'lub etdi va turnir chempioniga aylandi.

01:33.  RoX.Ufenok77 o'ziga kelib oldi va asosiy hisobni tenglashtirdi. Navbat so'nggi bahsga etib keldi. Ushbu uchrashuv g'olibi MDH Kubogi chempioniga aylanadi.

01:13. Ikki "Real" o'rtasidagi uchrashuvda "Qirollik klubi" g'alaba qozondi)) "Anox.Timon"ni muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz. Uchinchi bahsda esa ishtirokchilar  "Barselona" va "Yuventus"ni tanlashdi.

00:57. Ikkinchi bahsda ishtirokchilar "Real"ni tanlashdi.

00:49. RoX.Ufenok77 hisobda oldinda borayotib asosiy vaqtning so'nggi daqiqalarida gol o'tkazib yubordi. Qo'shimcha vaqtlar boshlanishi bilan yana RoX.Ufenok77 oldinga chiqib oldi. 

00:41. Uchrashuvni quyidagi havolaga o'tib tomosha qilishingiz mumkin: www.twitch.tv/dimchen

00:33. GRANDFINALning birinchi uchrashuvida RoX.Ufenok77 "Yuventus"ni Anox.Timon esa "Bavariya"ni tanladi. Eslatib o'tamiz, so'nggi bosqich 5 ta bahsdan iborat bo'ladi. Vinnerlardan GRANDFINALga chiqqan ishtirokchi hisobiga bir g'alaba qo'shib beriladi. Robert (RoX.Ufenok77) birinchi bahsning ilk daqiqasidan oldinga chiqib oldi.

23:58. RoX.Ufenok77 - Na'Vi Yozhyk birinchi bahsi g'olibi penaltilar seriyasida aniqlandi. Dramatik kechgan lotereyada ufalik Robert (RoX.Ufenok77) g'alaba qozondi. Endi ikkinchi uchrashuvni kuzatamiz. Ikkinchi bahsda ham Robert zafar quchdi.

23:45. Mag'lublarning ikkinchi finalining birinchi bahsining asosiy vaqti gollarsiz yakunlandi. Qo'shimcha bo'limlarga murojaat qilamiz.

23:15. Na'Vi Yozhyk - RoX.Ufenok77 bahsini finaldan oldingi final desak bo'ladi. Bu ikki ishtirokchi boshqa musobaqalarda ham ko'p marotaba to'qnash kelishgan. Bizni daxshatli o'yin kutib turibdi. O'yinni www.twitch.tv/dimchen sayti orqali tomosha qilishingiz mumkin. Turnir jadvali bilan sahifamizning pastrog'ida tanishib olishingiz mumkin.

23:08. RoX.Ufenok77 - Pries.Tiko91 2:0. Afsuski ikkinchi bahsda o'yinning bazi texnik nosozliklari uchrashuv natijasiga tasir ko'rsatdi.

22:40. Tomosha qilayotganlar juda ajoyib o'yin guvohiga aylanishdi. RoX.Ufenok77 birinchi bahsda penaltilar seriyasida g'alaba qozondi. Ikkinchi uchrashuv oldidan biroz tanaffus olishmoqda.

O'yinni www.twitch.tv/dimchen sayti orqali tomosha qilishingiz mumkin.

22:11. Mag'lublar to'rining finali birinchi finali boshlanyapti. Diqqat markazimizda RoX.Ufenok77 - Pries.Tiko91

21:56. Anox.Timon GRANDFINALga yo'llanmani qo'lga kiritdi! U ikkala bahsda ham "Na'Vi Yozhyk"ga imkon bermadi. Endi boshqa uchrashuvlarni kuzatamiz. Tez orada Grand Final boshlanadi.

21:32. Vinnerlarning birinchi finalida Anox.Timon g'olib bo'ldi. Ikkinchi uchrashuvni ham kuzatishda davom etamiz. Bahs juda qiziq o'tmoqda.

21:13. Vinnerlar finali boshlandi. Na'Vi Yozhyk - Anox.Timon o'rtasidagi bahsini kuzatishni boshlaymiz. 

O'yinni www.twitch.tv/dimchen sayti orqali tomosha qilishingiz mumkin.

20:43. Ayni damda vinnerlar finali boshlanyapti. Etiborimiz diqqat markazida Na'Vi Yozhyk - Anox.Timon to'qnashuvi.

20:40. Afsuski ikkala hamyurtimiz ham yarim finalda musobaqani tark etdi. Bizni 2 ta final va GRANDFINAL kutib turibdi. Saytimizdan uzoqlashmang.

20:13. Abdusapi Legend va RoX.Ufenok77 o'rtasidagi uchinchi bahsda ikkala ishtirokchi ham "Real"ni tanlaydigan bo'lishdi. Bizni kuzatishda davom eting. 

O'yinni www.twitch.tv/dimchen sayti orqali tomosha qilishingiz mumkin.

20:08. GOOOOOLLLLL!!! ABDUSAPI LEGEND!!! Hamyurtimiz qo'shimcha bo'limda 2 ta to'p oldinga chiqib oldi! 4:2. Uchinchi bahs hammasaini hal qiladi.

20:02. Ikkinchi bahsning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlandi. RoX.Ufenok77 o'zini yo'qotib qo'ymay, ikkinchi bo'limda 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Qo'shimcha bo'limlarga murojaat qilindi.

19:53. Abdusapi Legend ikkinchi uchrashuvning birinchi bo'limida 2:0 hisobida g'alaba qozonyapti. O'yinni www.twitch.tv/dimchen sayti orqali tomosha qilishingiz mumkin.

19:47. Mag'lublar o'rtasidagi boshqa yarim finalda Pries.Tiko91 g'alaba qozondi. Ukrainalik endi GRANDFINALga chiqish uchun finalda o'ynaydi.

19:44. Abdusapi birinchi bahsda mag'lub bo'ldi. Endi ikkinchi uchrashuv bo'lib o'tadi. Hamyurtimiz o'ziga kelib oladi degan umiddamiz.

19:21. Bir necha soniyadan so'ng RoX.Ufenok77 - Abdusapi Legend uchrashuvi boshlanadi. Bu bahsda ham O'zbekiston vakiliga omad tilaymiz. O'yinni www.twitch.tv/dimchen sayti orqali tomosha qilishingiz mumkin. 

19:17. Ali Bebeto va Pries.Tiko91 o'rtasidagi ikki uchrashuv yakunlandi. Hozircha hisob 1:1. Ali Bebeto uchinchi o'yinda g'alaba qozonishiga tilakdoshmiz.

19:05. Anox.Timon ajoyib kambek uyushtirdi. Finalda "Na'Vi Yozhyk" va Anox.Timon o'ynashadi. G'olib esa GRANDFINALga yo'l oladi.

19:00. RoX.Ufenok77 ikkinchi bahsda 2:0 hisobida g'alaba qozonayotib, 2 ta gol o'tkazib yubordi. Hisob 2:2.

18:42. RoX.Ufenok77 - Anox.Timon o'rtasidagi birinchi bahs Anox.Timon g'alabasi bilan yakunlandi.

18:22. RoX.Ufenok77 - Anox.Timon o'rtasidagi ikkinchi yarmim final boshlanmoqda. O'yinni www.twitch.tv/dimchen sayti orqali tomosha qilishingiz mumkin. 

18:17. Turnirda ikki o'zbek, ikki rus va ikki ukrain vakili qoldi.

18:12. Bizda bo'lib o'tayotgan o'yinlar bir nechta tvich kanali orqali sharhlanyapti. Toshkentda bo'lib o'tayotgan turnir MDH davlatlarida juda mashhur bo'lib ketdi.

18:09. Abdusapi Qayumov amaldagi O'zbekiston Kubogining g'olibi O'ktam Remboni uch uchrashuvda mag'lub etdi. Ali Bebeto esa "Na'Vi Yozhyk" bilan yarim finalning hal qiluvchi bahsida kurashmoqda.

18:05. Uchrashuvlarni jonli efirda tomosha qilayotganlarning soni 1500 kishiga etdi. Bu natija yangilanishi qiyin bo'ladi.

17:55. Hozirgina ajoyib yangilikdan boxabar bo'ldik! Ushbu turnirni jonli efirda 915 kishi tomosha qilayotgan ekan. Bu MDH Kubogining yangi rekordi hisoblanadi.

17:45. Ali Bebeto ikkinchi bahsda g'alaba qozondi. Hamyurtimizga yana bir marotaba omad kulib boqishi lozim. Birozdan so'ng birinchi yarim finalning hal qiluvchi, uchinchi bahsi boshlanadi. Eslatib o'tamiz, ushbu uchrashuv www.twitch.tv/dimchen orqali jonli efirda namoyish etilmqoda.

17:23. Ali Bebeto "Na'Vi Yozhyk"ga qarshi yarim finalning birinchi bahsida penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi. Hamyurtimiz ikkinchi uchrashuvda g'alaba qozonadi deb umid qilamiz. Translyaciyani kuzatishda davom eting.

16:55. Uchrashuvlarni www.twitch.tv/dimchen orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin. Hozir Ali Bebeto (O'zb) va "Na'Vi Yozhyk" (Ukr) o'rtasidagi bahs boshlanadi. Ukrainalik biroz ayyorlik qilmoqda. U raqib tarkib borasida o'zgarishlarni amalga oshirganidan so'ng, o'z tarkibini shunga mos ravishda to'g'irlayapti. Ali Bebetoga omad tilaymiz!

16:45. Server Sekkaga ajoyib o'yin uchun minnatdorchilik bildiramiz. Abdusapi Legend esa mag'lublar to'rida yurishini davom ettiradi.

16:35. Mag'lublar to'rining uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda. Pastroqda turnir jadvali va natijalar bilan tanishib olishingiz mumkin.

16:28. Abdusapi Legend va Server Sekka o'rtasidagi luzerlar to'ri chorak finalining ilk uchrashuvida 13 ta gol urildi. O'zbekiston chempionii qiyinchilik bilan 7:6 hisobida g'alaba qozondi. Bahs hayajonli vaziyatlarga boy bo'ldi. Barakalla yigitlar!

16:05. Abdusapi Legend luzerlar to'rida Server Sekkaga qarshi uchrashuv o'tkazmoqda. O'zbekiston chempioni birinchii bahsning ilk daqiqalaridan hisobni ochdi, ammo Server birozdan so'ng muvozanatni tikladi.

16:00. Rox.Ufenok77 ikkala bahsda ham Pries.Tiko91ni mag'lub etib yarim finalga yo'l oldi. Vinnerlar to'rida faqatgina bir hamyurtimiz bahsni davom ettirmoqda va Ali Bebetoga navbatdagi uchrashuvlarda omad tilaymiz.

15:50. "Na'Vi Yozhyk"ning otasi o'g'lini g'alaba bilan tabrikladi.

15:47. Kutilmagan voqea. Abdusapi Legend chorak finalda "Na'Vi Yozhyk"ga ikki uchrashuvda ham mag'lub bo'ldi. Endi Abdusapi luzerlar to'ridan GRAND FINALga chiqishga harakat qilib ko'radi. Turnir jadvaliga ko'z tashlab qo'yishni maslahat beramiz.

15:37. Rox.Ufenok77 ikkinchi uchrashuvda "Real"ni oldi, ukrainalik Pries.Tiko91 esa "Barselona"ni. Bizda kichik "el klassiko" va hozircha "Real" 1:0 hisobida g'alaba qozonyapti.

15:30. Toshkentda er qimirladi. Bizda esa bahslar davom etmoqda. Rox.Ufenok77 birinchi bahsda Pries.Tiko91 2:1 hisobida mag'lub etdi. Ikkinchi o'yinni  www.twitch.tv/dimchen orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

15:08. Navbat Rossiya va Ukrainaning eng yaxshi o'yichilari o'rtasida bo'lib o'tadigan bahsga. Rox.Ufenok77 - Pries.Tiko91 uchrashuvini www.twitch.tv/dimchen orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

15:07. Ali Bebeto hal qiluvchi bahsning 89 daqiqasida hisobda oldinga chiqib oldi va keyingi bosqichga yo'l oldi. Ajoyib o'yin guvohi bo'ldik.

15:02. Ali Bebeto va O'ktam Rembo o'rtasidagi bahs 1:1 hisobida davom etyapti. Kuchlar teng. Qo'shimcha bo'limlarga murojaat etiladi shekilli

14:55. Hozirgina rossiyalik Anox.Timon Dilshod Bankirni mag'lub etib yarim finalga chiqqani malum bo'ldi.

14:50. Ali Bebeto hamda O'ktam Rembo o'rtasidagi ikki uchrashuvda har bir ishtirokchi bittadan g'alabaga erishdi. Navbat hal qiluvchi uchinchi uchrashuvga keldi.

14:45. Ali Bebeto ikkinchi bahsda o'ziga kelib oldi va 2:0 hisobida g'alaba qozonmoqda.

14:35. Ali Bebeto va O'ktam Rembo o'rasitadi birinchi uchrashuv kutilmaganda O'ktam Remboning g'alabasi bilan yakunlandi. Ikkinchi bahs boshlandi.

14:25. Ayni damda turnir etakchisi Ali Bebeto hamda O'ktam Rembo o'rtasida 2 uchrashuvlik bahs bo'lib o'tmoqda


GRANDFINAL:

RoX.Ufenok77 - Anox.Timon LIVE


Final:

Na'Vi Yozhyk - Anox.Timon 0:2


Yarim final bahslari:

Na'Vi Yozhyk - Ali Bebeto 2:1

Anox.Timon - Rox.Ufenok77 2:1


CHorak final bahslari:

Na'Vi Yozhyk - Abdusapi Legend 2:0 (yarim final Na'Vi Yozhyk)

Ali Bebeto - O'ktam Rembo 2:1 (yarim final Ali Bebeto)

Rox.Ufenok77 - Pries.Tiko91 2:0 (yarim final Rox.Ufenok77)

Anox.Timon - Dilshod Bankir 2:0 (yarim final Anox.Timon)


Nimchorak final bahslari:

Na'Vi Yozhyk - Ilzat Stvgi 2:0 (chorak final Na'Vi Yozhyk)

Abdusapi Legend - Sanjar Blankos 2:1 (chorak final Abdusapi Legend)

Ali Bebeto - Siroj Kartes 2:0 (chorak final Ali Bebeto)

O'ktam Rembo - Jamshid Adidas 2:0 (chorak final O'ktam Rembo)

Rox.Ufenok77 - Server Sekka 2:0 (chorak final Rox.Ufenok77)

Pries.Tiko91 - Ilhom Nike 2:0 (chorak final Pries.Tiko91)

Anox.Timon - Aziz Mundial 2:0 (chorak final Anox.Timon)

Dilshod Bankir - SHerxan Nokaut 2:0 (chorak final Dilshod Bankir)


Mag'lublar to'ri. Ikkinchi final:

Na'Vi Yozhyk - RoX.Ufenok77 0:2


Mag'lublar to'ri. Birinchi final:

RoX.Ufenok77 - Pries.Tiko91 2:0


Mag'lublar to'ri. Ikkinchi yarim final:

 Abdusapi Legend - RoX.Ufenok77  1:2

Ali Bebeto - Pries.Tiko91 1:2


Mag'lublar to'ri. Birinchi yarim final:

O'ktam Rembo - Abdusapi Legend 1:2

Dilshod Bankir - Pries.Tiko91 0:2


Mag'lublar to'ri. Ikkinchi chorak final:

O'ktam Rembo - Aziz Mundial 2:1

Abdusapi Legend - Server Sekka 2:0

Dilshod Bankir - Siroj Kartes 2:0

Pries.Tiko91 - Ilzat Stvgi 2:0


Mag'lublar to'ri. Birinchi chorak final (pley off bosqichida mag'lub bo'lganlar mag'lublar to'riga tushadi, ammo bu erda ham g'olib bo'la olmaganlar musobaqani tark etadi:

SHerxan Nokaut - Aziz Mundial 0:2

Ilhom Nike - Server Sekka 1:2

Jamshid Adidas - Siroj Kartes 1:2

Sanjar Blankos - Ilzat Stvgi 1:2


Uchrashuvlarni quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin: www.twitch.tv/dimchen

TURNIR JAVDALI


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика