So’nggi yangiliklar

00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  21 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  3 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5

MDH kubogi-1994. Finalga qadar etib borgan Neftchi haqida Yangiliklar

MDH kubogi-1994. Finalga qadar etib borgan Neftchi haqida

Bundan bir necha yillar avval sobiq Ittifoq mamlakatlari chempionlari ishtirok etadigan ajoyib musobaqa o'tkazilardi.

“Mustaqil davlatlar hamdo'stligi” yoki oddiygina MDH kubogini ko'pchilik muxlislar yaxshi eslashsa kerak. O'tgan asrning 90-yillarida ushbu musobaqaning nufuzi juda yuqori edi. Unda har bir chempion klub asosiy tarkibi bilan kelar va har bir o'yin shiddatli ko'rinish olar edi.

1994 yilgi mavsumda Farg'onaning «Neftchi» klubi ushbu musobaqada munosib ishtirok etgan. Yuriy Sarkisyan boshchiligidagi vodiy klubi dastlab Qirg'izistonning «Olg'a-RIIF» klubini yirik 6:0 hisobida tor-mor etgan. Ravshan Bozorov va Nematullo Qutiboev ikkita gol urishgandi.

Ikkinchi o'yinda vakillarimiz Minskning «Dinamo» klubini 5:1 hisobida taslim qildi. Bu safar Andrey Fyodorov va Ravshan Bozorov dubl qayd etishdi.

Guruhdagi so'nggi turda farg'onaliklar musobaqada tanlovdan tashqari ishtirok etgan Rossiya yoshlar terma jamoasi bilan to'qnash kelishdi va 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi. SHunga qaramay «Neftchi» yarim finalga chiqishga erishdi.

Final uchun bahsda esa Sarkisyan shogirdlari Tbilisning «Dinamo» klubi bilan to'qnash kelishdi. Dastlab gruziyaliklar ikkita gol urishdi va ko'pchilik «Dinamo» final yo'llanmasiga ega bo'ldi deb o'yladi. Birinchi bo'lim so'nggida Andrey Fyodorov penaltidan hisobni qisqartirdi. Ikkinchi taymda esa dastlab Rustam Do'rmonov, keyin Sergey Zavalnyuk gol urib «Neftchi»ni finalga olib chiqdi – 3:2.

Qizig'i ushbu o'yinda gruziyaliklar safida Gocha Tkebuchava ham o'ynagan. U ayni paytda «Paxtakor» murabbiylar shtabida SHota Arveladzega yordam bermoqda.

Finalda «Neftchi» Ilya Cimbalar, Nikolay Pisarev, Yuriy Nikiforov, Viktor Onopko, Dmitriy Alenichev, Fedor CHerenkov hamda Vladimir Beschastnix kabi futbolchilarga ega Moskvaning «Spartak» klubiga qarshi maydonga tushdi. Mazkur o'yinda Rossiya chempioni har tomonlama ustunlik qildi va yirik 7:0 hisobida g'alaba qozondi. SHu tariqa «Neftchi» MDH kubogida finalga qadar etib borgan O'zbekistonning dastlabki klubiga aylandi.


«Neftchi» (Farg'ona, O'zbekiston) - Olg'a-RIIF (Bishkek, Qirg'iziston) - 6:0
29.01.1994. 1-tur. Moskva. CUSK "Spartak" stadioni. 150 tomoshabin.
«D» guruhi
Bosh hakam:
Slavik Kazaryan (Armaniston)

Gollar:
1:0 - Bozorov Ravshan, 21.
2:0 - Do'rmonov Rustam, 23
3:0 - Qutiboev Nematullo, 41
4:0 - Miklyaev Andrey, 47
5:0 - Bozorov Ravshan, 48
6:0 - Qutiboev Nematullo, 66

Aniq amalga oshirilmagan penalti: Bozorov Ravshan («Neftchi»), 69 (ustun)

«Neftchi» (Farg'ona, O'zbekiston): 1.Osmonov Narimon; 2.Miklyaev Andrey; 3.Fedorov Andrey; 4.Momotov Eduard; 5.Tixonov Aleksandr (Volkov Igor, 15); 6.Do'rmonov Abdusamad. (Ivanov V., 80); 7.Atoyan Stepan (Andreev Vladimir, 65); 8.Zavalnyuk Sergey (Manuylenko, 75); 9.Bozorov Ravshan; 10.Qutiboev Nematullo; 11.Do'rmonov Rustam (Ni Sergey, 60)

«Olg'a-RIIF» (Bishkek, Qirg'iziston): 1.Jalilov Zakir; 2.Jumakeev Marat (Sardarov Kanat, 70); 3.Kononov Vasiliy; 4.Rudenko Anton; 5.Urmeev Rishat (Ivanov O., 68); 6.Jumakeev Murat (CHertkov Vladimir, 55); 7.Berezovskiy Valeriy; 8.Ribakov (Alekseev Evgeniy, 58); 9.Ishinbaev Kanat (Pryanishnikov Vyacheslav, 40); 10.Momunov Asilbek; 11.Xolkovskiy Oleg (Kucov Sergey, 65)

Ogohlantirishlar: Kucov Sergey.

«Dinamo» (Minsk, Belorussiya) - «Neftchi» (Farg'ona, O'zbekiston) - 1:5
30.01.1994. 2-tur. Moskva. CUSK "Dinamo" stadioni. 1000 tomoshabin.
«D» guruhi
Bosh hakam
: Vladimir Ovchinnikov (Rossiya)

Gollar:
1:0 - SHukanov Yuriy, 8
1:1 - Fedorov Andrey - penaltidan, 14
1:2 - Bozorov Ravshan, 16
1:3 - Zavalnyuk Sergey, 26
1:4 - Bozorov Ravshan, 27
1:5 - Fedorov Andrey - penaltidan, 67

«Dinamo» (Minsk, Belorussiya): 1.Sacunkevich Andrey; 2.Ostrovskiy Andrey; 3.Kashencev Evgeniy; 4.Belkevich Valentin; 5.Yaximovich Erik; 6.Xackevich Aleksandr; 7.Juravel Vladimir (Demenkovec, 46); 8.CHernyavskiy Oleg (Putilo Oleg, 46) (Taykov Aleksandr, 58); 9.Gerasimuk (Luxvich Aleksandr, 46); 10.SHukanov Yuriy; 11.Kachuro Petr (Mayorov Antuan, 46)

«Neftchi» (Farg'ona, O'zbekiston): 1.Osmonov Narimon; 2.Miklyaev Andrey; 3.Fedorov Andrey; 4.Volkov Igor; 5.Momotov Eduard (Ivanov V., 85); 6.Do'rmonov Abdusamad. (Manuylenko, 86); 7.Atoyan Stepan; 8.Zavalnyuk Sergey (Andreev Vladimir, 60); 9.Bozorov Ravshan; 10.Qutiboev Nematullo (CHuxnov, 85); 11.Do'rmonov Rustam (Ni Sergey, 75)

Rossiya yoshlar terma jamoasi - «Neftchi» (Farg'ona, O'zbekiston) - 5:0
31.01.1994. 3-tur. Moskva. "CSKA" stadioni. 500 tomoshabin.
«D» guruhi
Bosh hakam:
A.Zakarlyuka (Estoniya)

Gollar:
1:0 - Grishin Aleksandr, 6
2:0 - Fayzulin Ilshat, 9
3:0 - Kupriyanov Mixail, 35
4:0 - Kulik Vladimir, 70
5:0 - Drozdov Yuriy, 79

Rossiya yoshlar terma jamoasi: 1.Pomazun Aleksandr (Novosadov Andrey, 73); 2.Gushin Aleksey; 3.Naumov Aleksey; 4.Kupriyanov Mixail; 5.Grishin Aleksandr (Drozdov Yuriy, 57); 6.Mashkarin Denis; 7.Simutenkov Igor (Karsakov Dmitriy, 36); 8.Klyuev Denis (Bokov Maksim, 71); 9.Ayupov Ansar (Durnev Evgeniy, 60); 10.Esipov Valeriy (Talalaev Andrey, 60); 11.Fayzulin Ilshat (Kulik Vladimir, 46)

«Neftchi» (Farg'ona, O'zbekiston): 1.Filippov Vladislav; 2.Miklyaev Andrey (Axtyamov, 46); 3.Fedorov Andrey; 4.Momotov Eduard; 5.Volkov Igor; 6.Do'rmonov Abdusamad. (CHuxnov, 75); 7.Atoyan; 8.Andreev Vladimir; 9.Bozorov Ravshan (Manuylenko, 71); 10.Qutiboev Nematullo (Ivanov V., 46); 11.Ni Sergey

Ogohlantirishlar: Simutenkov Igor; Qutiboev Nematullo.

«Dinamo» (Tbilisi, Gruziya) - «Neftchi» (Farg'ona, O'zbekiston) - 2:3
02.02.1994. Yarim final. Moskva. "Olimpiyskiy" stadioni. 7000 tomoshabin.
Bosh hakam
: Vladimir Filippov (Rossiya)

Gollar:
1:0 - Revishvili Zaza, 13
2:0 - Inalishvili Gela, 22
2:1 - Fedorov Andrey - penaltidan, 45
2:2 - Do'rmonov Rustam, 57
2:3 - Zavalnyuk Sergey, 67

Aniq amalga oshirilmagan penali: Inalishvili Gela («Dinamo»), 82 (darvozabon)

«Dinamo» (Tbilisi, Gruziya): 1.CHxeidze Nikolas; 2.Beradze Besik; 3.CHikovani Gocha (Kiknadze Georgiy, 72); 4.Lobjanidze Nugzar; 5.Tkebuchava Gocha (Sologashvili, 69); 6.Revishvili Zaza (Iashvili Aleksandr, 84); 7.Inalishvili Gela; 8.Kveladze Givi; 9.Jamarauli Gocha; 10.Kavelashvili Mixail; 11.Anchabadze Georgiy

«Neftchi» (Farg'ona, O'zbekiston): 1.Osmonov Narimon; 2.Miklyaev Andrey; 3.Fedorov Andrey; 4.Momotov Eduard; 5.Volkov Igor; 6.Do'rmonov Abdusamad.; 7.Atoyan Stepan; 8.Zavalnyuk Sergey; 9.Bozorov Ravshan; 10.Qutiboev Nematullo; 11.Do'rmonov Rustam

Ogohlantirishlar: Lobjanidze Nugzar; Inalishvili Gela; Osmonov Narimon; Bozorov Ravshan; Do'rmonov Rustam.

«Spartak» (Moskva, Rossiya) - «Neftchi» (Farg'ona, O'zbekiston) - 7:0
04.02.1994. Final. Moskva. "Olimpiyskiy" stadioni. 18000 tomoshabin.
Bosh hakam:
R.Ragimov (Ozarbayjon)

Gollar:
1:0 - Beschastnix Vladimir, 16
2:0 - Ledyaxov Igor, 40
3:0 - Beschastnix Vladimir, 50
4:0 - Ternavskiy Vladislav, 63
5:0 - Alenichev Dmitriy, 66
6:0 - Beschastnix Vladimir, 75
7:0 - Rodionov Sergey, 77

«Spartak» (Moskva, Rossiya): 1.Stauche Gintaras (Pomazun Aleksandr, 80); 2.Mamedov Ramiz (Xlestov Dmitriy, 74); 3.Ivanov Andrey; 4.Cimbalar Ilya; 5.Pisarev Nikolay (Rodionov Sergey, 57); 6.Nikiforov Yuriy; 7.Onopko Viktor; 8.Alenichev Dmitriy (Ananko Dmitriy, 80); 9.Ternavskiy Vladislav; 10.Ledyaxov Igor (CHerenkov Fedor, 78); 11.Beschastnix Vladimir (Masalitin Valeriy, 80)

«Neftchi» (Farg'ona, O'zbekiston): 1.Osmonov Narimon; 2.Miklyaev Andrey; 3.Fedorov Andrey; 4.Axtyamov; 5.Volkov Igor; 6.Do'rmonov Abdusamad. (CHuxnov, 56); 7.Atoyan Stepan; 8.Zavalnyuk Sergey (Ivanov V., 65); 9.Bozorov Ravshan (Ni Sergey, 74); 10.Qutiboev Nematullo; 11.Do'rmonov Rustam

Ogohlantirishlar: Axtyamov; Volkov Igor, 40; Ternavskiy Vladislav, 55
CHetlatish: Volkov Igor, 89 (2SK)


Final uchrashuvida urilgan gollarni tomosha qiling


TAS-IX emas


Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика