Mbappening oyog'i jiddiy shikastlangan. Uning "Atalanta"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi so'roq ostida
25 iyu 2020 16:23
Yangiliklar


Mbappening oyog'i jiddiy shikastlangan. Uning "Atalanta"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi so'roq ostida
Kecha PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Franciya Kubogi doirasidagi "Sent-Eten" (1:0)ga qarshi o'yinda jarohat oldi.
21 yoshli forvardning oyog'i bilagi jiddiy tarzda qayrilib ketgan, ammo sinish yo'q.
Kilian 12 avgust bo'lib o'tadigan CHempionlar Ligasi 1/4 final doirasidagi "Atalanta"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi so'roq ostida.
Eslatib o'tamiz, kecha o'yinning 29-daqiqasida "Sent-Eten" himoyachisi Loik Perren Mbappega qarshi qo'pol o'ynadi va qizil kartochka oldi. Francuz o'yinni davom ettira olmadi va almashtirildi.
O’xshash yangiliklar
00:51
Zabarniy "Bornmut"ga PSJga o'tmoqchi ekanini aytdi, himoyachi uchun 70 mln evro talab qilishmoqda 1

Fikrlar