Mbappeni yana bir grand jamoa nishonga oldi

Mirjalol Normatov
15 apr 2018, 14:20
"Manchester Siti" PSJ hujumchisi Kilian Mbappening xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Mirror" nashri xabariga ko'ra, agarda parijliklar moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani aniqlanib, futbolchilarni sotishni o'ylasa, "shaharliklar" futbolchini sotib olishga tayyor. Narx borasida ma'lumotlar berilmagan.

Bu mavsumda 19 yoshli futbolchi Fransiya chempionatida 23 uchrashuvda 13 gol urdi va 8 samarali pas oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror