Mbappe, Varan va Grizmann Franciya sardori bo'lishga davogar
10 jan 2023 12:08
Yangiliklar
Mbappe, Varan va Grizmann Franciya sardori bo'lishga davogar
9 yanvarm kuni "uch ranglilar"ning amaldagi sardori Ugo Loris terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini malum qildi. "L'Equipe" nashrining yozishicha, himoyachi Rafael Varan va hujumchi Kilian Mbappe u ketganidan keyin sardorlik uchun asosiy nomzodlar sanaladi. SHuningdek, Antuan Grizmann sardorlik roliga davo qilishi mumkin.
Franciya terma jamoasi tarkibida Loris 2018 yilda Rossiyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida g'olib chiqdi. SHuningdek, 2022 yilda Qatarda bo'lib o'tgan Jahon chempionatida kumush, Evro-2016da kumush medalni qo'lga kiritdi.
Umuman olganda, 36 yoshli darvozabon jamoa safida 145 ta o'yin o'tkazdi va bu milliy rekord hisoblanadi. Loris sardor sifatida Franciya terma jamoasini 121 uchrashuvda maydonga boshlab tushdi va bu ham o'ziga xos yutuqdir.
Fikrlar