Mbappe va Luis Enrike o'rtasida janjal yuzaga kelgan. Kecha esa Kilian 65-daqiqada zaxiraga olindi
26 fev 19:40
Yangiliklar
Mbappe va Luis Enrike o'rtasida janjal yuzaga kelgan. Kecha esa Kilian 65-daqiqada zaxiraga olindi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe hamda klub bosh murabbiyi Luis Enrike o'rtasida mojaro kelib chiqqan.
O'tgan hafta oxirida futbolchi jamoa bosh murabbiyi va jamoadoshlariga mavsum oxirida klubni tark etishi haqida malum qilgan.
Enrike bu haqida OAVda hech nima demagan bo'lsada, Mbappening bunday ishi mutaxassisga butkul maqul kelmagan. Enrikening fikriga ko'ra, parijliklar bir necha musobaqada g'oliblik uchun kurashayotgan bir pallada jamoa etakchisining bunday qilgani noto'g'ri.
Malumotlarga ko'ra, aynan shu nizo tufayli kecha Liga 1"ning 23-turi doirasida "Renn"ga qarshi uchrashuvda, PSJ 0:1 hisobida ortda borayotganida, Mbappe 65-daqiqadayoq zaxiraga olingan.
Fikrlar