Mbappe va Hakimi qachon jamoasi ixtiyoriga qaytishi aniq bo'ldi
10 jan 2023 21:11
Yangiliklar
Mbappe va Hakimi qachon jamoasi ixtiyoriga qaytishi aniq bo'ldi
PSJ futbolchilari Kilian Mbappe hamda Ashraf Hakimi payshanbadan jamoa safiga qaytadi.
Futbolchilarga JCH-2022dan keyin dam olish uchun tatil berilgandi. Ammo ular bundan foydalanishni istashmagan bo'lishsa-da, klub ularga baribir hordiq uchun vaqt berdi. SHu boisdan ular Franciya Kubogi doirasida "SHatoru"ga qarshi o'yinni o'tkazib yubordi.
Hakimi va Mbappe endi chempionat doirasidagi "Anjer"ga qarshi o'yinni ham o'tkazib yuborishadi va "Renn"ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshlaydi.
Fikrlar