Mbappe Tvitterdagi sahifasidan “Monako”ga oid xabarlarni o'chirib tashladi
02 iyu 2017 02:11
Yangiliklar
Mbappe Tvitterdagi sahifasidan “Monako”ga oid xabarlarni o'chirib tashladi
“Monako” hujumchisi Kilian Mbappe o'zining Tvitter ijtimoiy tarmog'idagi sahifasining ayrim joylariga o'zgartirish kiritdi.
18 yoshli futbolchi o'z Tvitteridan “Monako” klubi futbolchisi ekanligi qayd etilgan yozuvni o'chirib tashladi. Bu bilan u jamoasini alishtirayotganiga shama qildi.
Eslatib o'tamiz, Mbappega “Real”, “Arsenal”, “PSJ” va “Manchester Yunayted” klublari qiziqish bildirishmoqda.
Fikrlar