Mbappe safdan chiqdi
25 apr 2021 17:30
Yangiliklar
Mbappe safdan chiqdi
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Franciya chempionatining 34-turi doirasida "Metc"ga qarshi o'yinda forvard Kilian Mbappening jarohat olganini malum qildi.
"Kilianning son sohasida muammolar bor. Biroq bu jarohat unchalik jiddiy emas. Uni almashtirganimizda biroz o'zini yomon his qilayotgandi. Jarohat kichik bo'lsa ham, baribir jarohat deyiladi", - deb takidladi Pochettino.
Yaqin vaqtlar ichida Mbappe tibbiy ko'rikdan o'tadi. Uning "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda qatnashishi so'roq ostida qolmoqda.
Fikrlar