Mbappe Ronalduni barcha davrlarning eng yaxshisi deb atadi
11 dek 2022 23:46
Yangiliklar
Mbappe Ronalduni barcha davrlarning eng yaxshisi deb atadi
Portugaliyalik futbolchi 1/4 finalda jahon chempionati bilan xayrlashdi.
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Marokashga qarshi bahsdagi mag'lubiyatdan so'ng ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ushbu turnir chempioni bo'lish asosiy orzusi bo'lganini malum qilgandi.
Uning postiga ko'plab izohlar qoldirildi, jumladan, Franciya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe tomonidan toj, hamdardlik belgisi hamda echki (inglizchada GOAT, yani barcha davrlarning eng yaxshisi) smayligini qoldirdi.
Eslatib o'tamiz, Franciya terma jamoasi Angliyani 2:1 hisobida mag'lub etib, mundialning yarim finaliga yo'l oldi. Jamoa keyingi uchrashuvni aynan Marokashga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar