So’nggi yangiliklar

08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  1 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  0 07:31Аморим кечаги мағлубиятга изоҳ берди  5 02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  10 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  14 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  38 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  34 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  15 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  102

Mbappe "Real"da PSJdagi bir jamoadoshi bilan birga o'ynamoqchi Yangiliklar

Mbappe "Real"da PSJdagi bir jamoadoshi bilan birga o'ynamoqchi

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe hali ham "Real"ga o'tish niyatida.

Futbolchi hozirda PSJ sharafini birga himoya qilayotgan Ashraf Xakimi bilan birga "qaymoqranglilar" safida to'p tepmoqchi. Mbappening parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan. Kelishuvni 2025 yilgacha uzaytirish mumkin bo'lgan band bor, lekin futbolchi jamoani tark etmoqchi. O'z navbatida PSJ keyingi yil yozda futbolchini tekinga qo'ldan chiqarmaslik uchun shu yozda sotib yuborishga harakat qiladi.


Mbappe va Xakimi PSJda tatilsiz o'ynashdi, so'ngra boshqa qitaga uchib ketishdi


Qatardan qaytgan g'amgin Mbappening suratlari JCHdan so'ng bir necha kun ichida paydo bo'ldi. L’Equipe Kilian finaldan so'ng PSJ bosh murabbiyi Kristof Galtega mashg'ulotlarni imkoni boricha tezroq boshlash va bunga jismonan va ruhiy jihatdan tayyorligini aytganini yozdi.

Mbappe JCHdan so'ng birinchi o'yinda "Strasburg" darvozasiga penaltidan g'alabani golini urdi va uch kundan so'ng PSJ bilan "Lans"ga 1:3 hisobida yutqazdi. Ashraf Xakimi ham ikki o'yinni (birinchisini to'liq emas) o'tkazdi. Jamoa keyingi o'yinda Kubok doirasida ularsiz "SHatoru"ni 3:1 hisobida taslim etdi.



Galte "Mbappe va Xakimida dam olish uchun bir necha kun bo'ladi. Ularning "Strasbur" va "Lans"ga qarshi o'ynashi, shundan so'ng tiklanish uchun vaqt olishlari rejalashtirilgan" deb ogohlantirgandi.


Tatilda basketbol o'yiniga tushishdi, Nyu-Yorkda niqoblarda aylanishdi va Marokashda tushlik qilishdi



Mbappe va Xakimi AQSHga uchib ketishdi. Ular u erda NBA doirasida "Bruklin" va "San-Antonio" o'rtasidagi o'yinga tashrif buyurishdi. O'yin intrigaga boy bo'lmadi – "Bruklin" raqibini "+36" bilan yakson qildi, ammo Kevin Dyurent futbolchilar bilan gaplashdi va ularga klub maykalarini sovg'a qildi. Kayri Irving bilan ham suratga tushildi. Ular o'yindan so'ng kiyim almashtirish xonasida uchrashishdi.




Mbappe va Xakimi shuningdek Nyu-Jersidagi American Dream Hall savdo markaziga tashrif buyurishdi, ular unda amerikancha tepaliklarda uchishdi, kvest-xonaga kirishdi va kafeda ovqatlanishdi, Mbappe esa to'liq xursandchilik bilan ninzya-toshbaqasi bilan suratga tushdi.



Mashhur bo'lib ketgan voqea: Mbappe va Xakimi Tayms-skverda qo'llariga tushgan narsa bilan o'ranib olishgan, ammo ularni baribir tanib qolishdi.




Kutilmagan davom: Mbappe ijtimoiy tarmoqlarda suratlar bilan bo'lishdi va ulardan birida H&M brendi fonidagi rasm ham bor edi. Yashirin reklama. Yoki unday emasmi?



Xakimi shundan so'ng Mbappeni vataniga olib keldi. Ularni Marokashda ko'rishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ularning shahardagi taniqli restoranlardan birida kechki ovqatni tanovul qilishayotgan video tarqaldi.

Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Valid Regragi Canal Football Club'ga bergan intervyusida ikki o'yinchining do'stligiga ham to'xtaldi: "Ular do'stlardan ham yaqinroq, ular aka-ukalar". Va murabbiy "JCH-2022 yarim finali oldidan Xakimiga do'stiga qarshi o'ynashga to'g'ri kelishini aytdim. U esa o'yinda do'stlar bo'lmasligini aytib javob qildi" deb esladi.


Balki PSJ murabbiyini Mbappe va Xakimining anchadan beri jamoaga qaytmayotganlari g'azablantirayotgandir



Ommaviy mojaro yo'q, ammo Galte optimal tarkibga ehtiyoj sezayotganiga shama qildi. Kubok doirasidagi "SHatoru"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng buni aytdi: "Ayrim o'yinchilarning Liga 1 doirasidagi "Anje"ga qarshi bahs oldidan qaytishlariga muhtojmiz. PSJga asosiy tarkib o'yinchilari kerak. Jahon chempionati ortda qolganini bilaman, ammo hamma etiborini klublar miqyosidagi futbolga qayta qaratishi kerak".

Galte Kubok doirasida Messi (JCHdan so'ng hali qaytmagandi), Neymar (tiklanishda), Mbappe (tatil), Xakimi (tatil), Verratti (tatil) va Mendesh (jarohat)siz o'ynashga majbur bo'ldi. "Anje"ga qarshi o'yin oldidan jarohatlanmagan o'yinchilardan barchasi tayyor, faqatgina Mbappe va Xakimidan tashqari.

Ashraf diskvalifikaciya qilingan, Mbappe esa u bilan mashg'ulotlarga ertaga, aniqrog'i 12 yanvar kuni qaytadi. "Anje" bilan o'yin bugun bo'lib o'tadi. SHunday ekan, to'liq optimal tarkib yig'ishning uddasidan chiqilmadi.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика