Mbappe PSJda o'zini siyosiy bosim qurbonidek his qilmoqda
12 okt 2022 19:08
Yangiliklar
Mbappe PSJda o'zini siyosiy bosim qurbonidek his qilmoqda
U pulli masalaga etibor qaratmasdan futbol o'ynashni xohlaydi.
Kilian Mbappe va PSJ o'rtasidagi munosabatlar jiddiy ravishda yomonlashgan.
"Marca" nashrining yozishicha, hujumchining klub prezidenti Nosir Al Helayfi va uning maslahatchisi Antero Enrike bilan munosabatlari hozir har qachongidan ham yomonroq.
Mbappening fikricha, PSJ shartnomani uzaytirishda muhokama qilingan kelishuvlarni bajarmagan.
Endi Kilian o'zini yolg'on vadalar va siyosiy bosim qurbonidek his qilmoqda. U pulni hisobga olmasdan, faqat to'g'ri muhitda futbol o'ynashga intiladi.
Avvalroq Mbappe yanvarda PSJdan ketmasligi haqida xabar berilgan edi.
Fikrlar