Mbappe: "Noodatiy sxemaga ko'nikish uchun PSJga vaqt kerak bo'ldi"
13 fev 2019 12:45
Yangiliklar
Mbappe: "Noodatiy sxemaga ko'nikish uchun PSJga vaqt kerak bo'ldi"
PSJ forvardi Kilian Mbappe "Manchester Yunayted"ga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuv natijasi (2:0) haqida fikr bildirdi.
"Hammasi joyida, keyingi bosqichga chiqishga yaqin keldik. Natijadan xursandmiz, ammo bizni yana bitta o'yin kutmoqda. 3 hafta mobaynida navbatdagi bahsga tayyorgarlik ko'ramiz. Uchrashuvning so'nggi 20 daqiqasida sustlashdik, buning ustida ishlash lozim.
O'yinni biroz noodatiy sxemada boshladik, shu sababli unga ko'nikish uchun bizga vaqt kerak bo'ldi. Yarim himoyada raqib futbolchilari ko'p edi. Ikkinchi bo'lim boshlanishi bilan ular hucjumga o'tishdi, ammo gollarni biz urishga muvaffaq bo'ldik" - deydi Mbappe.
PSJ hamda "Manchester Yunayted" o'rtasidagi javob o'yini 6 mart kuni "Park de Prens" maydonida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar