Mbappe "Manchester Siti"ga qarshi o'yinga ikki kun qolganda mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi
03 may 2021 13:18
Yangiliklar


Mbappe "Manchester Siti"ga qarshi o'yinga ikki kun qolganda mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi
PSJ forvardi Kilian Mbappe jamoaning kechagi mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi.
Eslatib o'tamiz, hujumchi bundan oldin jarohati sabab Liga 1 doirasidagi "Lans" (2:1)ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgan edi.
SHunday ekan Mbappening CHempionlar Ligasi doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi javob o'yinida qatnashishi katta so'roq ostida. O'yin 4 may kuni Angliyada bo'lib o'tadi.
Franciyada bo'lib o'tgan ilk o'yin mezbonlarning 1:2 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar