Mbappe klubni tekinga tark etsa, PSJ 175 mln. evro yo'qotadi
17 iyu 2023 20:33
Yangiliklar
Mbappe klubni tekinga tark etsa, PSJ 175 mln. evro yo'qotadi
Oldinroq, hujumchi Parij klubini shartnomani 2025 yilgacha uzaytirish imkoniyatidan foydalanmasligi haqida ogohlantirgan edi. U 2024 yilgacha klubda qolib, jamoani erkin agent sifatida tark etmoqchi. Parijliklar esa uni pullash haqida o'ylashmoqda.
Malumotlarga ko'ra, Mbappening erkin agent sifatida ketishi Parij klubida moliyaviy muammolar keltirib chiqaradi, ular 175 mln. evro yo'qotishadi.
Aynan shu sababli PSJ bir necha futbolchisini sotib, tarkibda o'zgartirishlarga qo'l urishi mumkin. Kilianning tekinga ketishi klubning feyr-pley standartlariga negativ tasir qiladi. Franciyalik shartnomasi bo'yicha noaniqlik tufayli PSJ bir nechta transferlarning muzokaralarini to'xtatib qo'ydi.
PSJ 31 iyulgacha Mbappe bo'yicha muammoni hal qilmochi.
Fikrlar