Mbappe Keynning penaltidan noaniq zarbasini o'ta xursand kayfiyatda nishonladi
12 dek 2022 00:47
Yangiliklar
Mbappe Keynning penaltidan noaniq zarbasini o'ta xursand kayfiyatda nishonladi
Jahon chempionatining chorak finalidan o'rin olgan Angliya — Franciya uchrashuvida francuzlar 2:1 hisobida ustun kelishdi.
O'yin davomida inglizlar ikki bor 11 metrlik jarima zarbasini tepish huquqiga ega bo'lishdi. Dastlab 52-daqiqada Saka raqib jarima maydoni ichida yiqitildi va jamoa sardori Harri Keyn penaltini aniq amalga oshirdi.
82-daqiqada esa francuzlar jarima maydonida bu safar Mauntga nisbatan qoida buzildi va hakam yana nuqtaga ishora qildi. Biroq angliyalik sardori bu safar noaniq zarba yo'lladi, oxir-oqibat jamoa hisobni tenglashtira olmadi va musobaqa bilan xayrlashdi.
Etiborli tomoni, Keyn ikkinchi penaltini yuqoriga tepgach, Franciya hujumchisi Kilian Mbappe bu vaziyatni o'ta xursand kayfiyatda nishonlagani aks etgan lavhalar internetda tarqaldi.
Eslatib o'tamiz, Franciya mundial yarim finalida Marokash bilan to'qnash keladi.
Fikrlar