Mbappe kelasi mavsum ham PSJda o'ynashini aytib o'tdi
03 iyu 2019 12:19
Yangiliklar


Mbappe kelasi mavsum ham PSJda o'ynashini aytib o'tdi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe shu transferlar oynasida boshqa klubga o'tishni rejalashtirmayapti.
Hujumchining "Twitter"da malum qilishicha, u yaqinlashib kelayotgan mavsumda ham parijliklar tarkibida to'liq harakat qiladi.
Mbappe PSJga 2018 yil yozda "Monako" safidan o'tgan edi. U yakunlangan mavsumda 43ta bahsda maydonga tushib, 39ta gol urishga erishgan.
Forvardning parijliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan. OAV futbolchi faoliyatini davom ettirishi mumkin bo'lgan klublar orasida "Real"ni alohida etirof etayotgan edi.
Futbolchi 2017 yildan buyon Franciya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar