Mbappe JCH-2022 qura tashlash marosimida ishtirok etishdan bosh tortdi
30 mar 2022 20:32
Yangiliklar
Mbappe JCH-2022 qura tashlash marosimida ishtirok etishdan bosh tortdi
Franciyalik hujumchi Kilian Mbappe JCH-2022 qura tashlash marosimida ishtirok etishdan bosh tortdi.
Qatar vakillari PSJ hujumchisi 1 aprel kuni Dohada bo'lib o'tadigan marosimning asosiy mehmonlaridan biri bo'lishini istayotgandi.
Qatarliklar Mbappening PSJ va Franciya futbol federaciyasi bilan birgalikda tashrif buyurishiga rozi bo'lishdi, biroq Kilian o'z qarorini Franciya terma jamoasi sardori emasligi bilan izohlab, qura tashlash marosimiga kelishdan bosh tortdi. Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris hozirda Franciya terma jamoasi sardori hisoblanadi.
Bundan tashqari, 23 yoshli hujumchi Liga 1'ning 30-turi doirasida 3 aprelga belgilangan "Loryan"ga qarshi o'yinga imkon qadar yaxshi tayyorgarlik ko'rmoqchi.
SHu tariqa, marosimda Franciya nomidan boshqa futbolchi ishtirok etadi.
Fikrlar